“VATANPARVAR” – HAQIQIY VATANPARVARLARNI TARBIYaLAYDI
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi oʻquv-texnika klubida sportning yozgi biatlon, oʻq otish turlari boʻyicha 4 ta toʻgarak va sektsiyalarda mashgʻulotlar olib boriladi. 2018-yil davomida tuman “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha yozgi biatlon, havo miltigʻidan oʻq otish, “Shunqorlar”, “Yosh chegarachi”, “Temurbeklar” va “Burgutlar” sport musobaqalari tashkil etildi. Yozgi biatlon turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga va Qoraqalpogʻiston terma jamoasiga saralash bosqichida tumanimiz yoshlaridan toʻrt nafar sportchi yoʻllanmaga ega boʻlishdi.
Oʻquv sport-texnika klubi moddiy-texnika bazasini, oʻqish jarayoni va sifatini yaxshilash boʻyicha kompyuter sinfi zamonaviy kompyuter texnikalari, mebellar bilan jihozlandi. Barcha oʻquv xonalari elektron texnika vositalari bilan taʼminlandi. 2018-yil davomida tuman oʻquv sport-texnika klubi tomonidan 650 nafar, yaʼni “V” toifasi boʻyicha 400 nafar, “VS” toifasi boʻyicha 250 nafar mutaxassislar tayyorlandi.
Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi tomonidan oʻquv sport-texnika klubi moliya-xoʻjalik faoliyatini yanada mustahkamlash maqsadida 2018-yilda GAZ-53, GAZ-52 yuk avtomobillari hamda “SPARK” rusumli avtomobillari xarid qilindi. Avtosaroyni qayta rekonstruktsiya qilish yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlandi. Bularning barchasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish imkoniyatlarini beradi. Oʻquv moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bino va inshootlar, garajni taʼmirlash, zamonaviy oʻquv qurollari bilan taʼminlash ishlari bundan keyin ham davom ettiriladi.
Shuhrat KAMOLOV,
“Vatanparvar” tashkiloti tuman Kengashi
oʻquv sport-tarbiya klubi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶