YoShLAP ITTIFOQI FAOLLAPI IJODKOPLAP BILAN UChPAShDILAP
Yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishlariga koʻmaklashish hamda axborot maydonidagi ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilova nashri “Mening oilam” gazetalari tahririyati tomonidan tez-tez tahririyat ijodkorlari va ijodkor-yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Bunday uchrashuvlarda yoshlar zamonaviy jurnalistika imkoniyatlari, yutuqlari hamda tuman matbuoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish barobarida oʻzlarini qiziqtirgan mavzular boʻyicha savollariga javoblar oladilar.
Joriy yilning 12-fevral kuni boʻlib oʻtgan OʻzYoI tuman Kengashi boshlangʻich tashkilotlari Sardorlari hamda press klub rahbarlari bilan tahririyat jurnalistlarining uchrashuvi barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Uchrashuvda “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari bosh muharriri Gʻulomjon Yeshniyozov “Globallashuv jarayonida yoshlarni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish va ularning ijtimoiy faolligini oshirish” mavzusida maʼruza qildi. Xususan, yoshlar ittifoqi tuman Kengashi boshlangʻich tashkilotlari Sardorlari hamda yoshlar press klub rahbarlarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasidagi ishtirokini taʼminlash va faolligini oshirishda matbuot, radio, televideniyening ahamiyati, tumanimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan yoshlar hayotiga doir yutuq va muammolarni keng yoritish, har qanday muammoning yechimini topishda toʻgʻri va faol harakat qilish, ayniqsa ijodkor, iqtidorli, tadbirkor yoshlarni yanada ruhlantirish maqsadida tahririyat ijodiy jamoasi bilan yaqin hamkorlik qilish yuzasidan qimmatli fikrlar bildirdi.
Uchrashuvda “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov, gazetaning maxsus muxbirlari Oygul Pajabova hamda Pobiya Yoʻldoshevalar yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdilar.
Oʻz navbatida yoshlar oʻzlari olib borayotgan ishlar, tengdoshlarinning hayotiga oid yangiliklar, erishilayotgan yutuqlar va yangi rejalari haqida gazetaga, “Jayxun sadosi” intirnet radiosi, Amudaryo televideniyesi hamda amunews.uz veb-saytiga maqolalar va xabarlar yozib turish istagini bildirdilar.
Dildora ABDUPAHMONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶