HAZPATI AYoL (Aziz va muhtarama ayol-qizlarga)
Jismida olamning koʻrki mujassam,
Har soʻzi dillarga moʻmiyo – malham.
Shunchalar moʻʼtabar, aziz, mukarram,
Yoritar koʻngillar zulmatlarin ham.
Onajonim mening, hazrati Ayol!
Koʻksiga bosh qoʻyib ulgʻayar hayot,
Koʻngil chashmasidan suv ichar hayot.
Dunyolar poyida barq urar, hayhot,
Oʻshal dunyolarga singgan nur – bayot –
Insoniyat umrin ziynati – Ayol!
Ne deyin, onam, deb, koʻtaring boshga,
Bagʻringizni bosing, bagʻri otashga.
Bundayin kenglik yoʻq, mehr yoʻq boshqa,
Jismingiz baxsh etib yashang quyoshga –
Mangu tiriklikning qudrati – Ayol!
Koʻngillar baʼzida gʻamga botganda,
Armonlar yurakda toshday qotganda.
Taqdir halovatning yoʻlin yopganda,
Qoʻlingizni bering qoʻlin tutganda.
Har dilning madori, qurbati – Ayol!
Kim uni farishtam, malagim, dedi,
Puhi zuvolamda yuragim, dedi.
Dilda muhabbatim, tilagim, dedi,
Ikki dunyoda shod yurmagim, dedi –
Jannatiy orzular suvrati – Ayol!
Poyiga toʻkilib oʻtdi daholar,
Madhiga topolmay loyiq baholar.
Hamon ishq mulkida kezib sahrolar,
Necha koʻngil yashar boʻlib adolar –
Mehr-u ishq, sadoqat siyrati – Ayol!
Fasllar aylanib, yoz – kuzga doʻnar,
Yillarning zahmati yuz-koʻzga inar.
Boshlarga oppoq qor, qirovlar qoʻnar,
Faqat bir yurakda bahor uygʻonar –
Qalblarning hayajon, hayrati – Ayol!
Qarang, bahor keldi Vatanga! Bahor!
Bogʻ-rogʻlar, sahrolar bagʻrida viqor.
Onaday hokisor, singilday bedor,
Fidoyi onlarda ne oʻxshashlik bor?
Yo koʻklam siyrati, gʻayrati – Ayol!
Koʻrdingizmi uning haybatlarini,
Oybarchin siyoqli kelbatlarini.
Jismidan undirgan alp, mardlarini –
Ahli jahon tanir farzandlarini.
Vatanning qaddi sarv savlati – Ayol!
Hurmatin, izzatin boshimga qoʻyib,
Sogʻinchlar komida oʻzimni yoʻyib.
Mehrim gullaridan xirmonlar uyib,
Madh etdim Pobiya, onamday suyib –
Sizgadir el-yurtning hurmati – Ayol!
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶