BOShLANGʻICh PAPTIYa TAShKILOTIDA HISOBOT-SAYLOV YIGʻILIShI BOʻLIB OʻTDI
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining tumanimizda boshlangʻich partiya tashkilotlari soni ayni paytda 54 ta boʻlib, 12 tasi mahalla fuqarolar yigʻini, 10 tasi tadbirkorlik obʼektlari va xususiy korxonalar, 12 tasi fermer xoʻjaliklari, 20 tasi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, muassasalar, idora va tashkilotlarda faoliyat koʻrsatmoqda.
Boshlangʻich tashkilot partiyaning asosiy boʻgʻini boʻlib, partiya Ustavi, Dasturida koʻrsatilgan va rahbar organlarning boshqa qarorlarida belgilab berilgan maqsad va vazifalarni qonun doirasida aholi oʻrtasida targʻib qilish va tushuntirish ishlarini olib borish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, aholi oʻrtasida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganib, hal etishga koʻmaklashush, bir soʻz bilan aytganda, partiyani aholi bilan bogʻlaydigan koʻprik vazifasini oʻtovchi, hamda Oliy Majlis, Joʻqorgʻi Kenges va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari nomzodligiga nomzodlar zahirasini shakllantiruvchi partiyaning muhim tashkiliy tuzilmasi hisoblanadi.

Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Ustavining IX-bobida “Partiya aʼzolarining umumiy yigʻilishi boshlangʻich partiya tashkilotining rahbar organi hisoblanadi. Boshlangʻich partiya tashkiloti umumiy yigʻilishi zarurat boʻlgan paytlarda, ammo bir yilda kamida 4-mart oʻtkaziladi. Boshlangʻich partiya tashkiloti umumiy yigʻilishida uning raisi va oʻrinbosari bir yil muddatga saylanadi” – deb koʻrsatilgan.
Shunga muvofiq, yaqinda 3-sonli Amudaryo akademik litsey yotoqxonasi qoshida tashkil etilgan OʻzLiDeP boshlangʻich partiya tashkiloti hisob-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tashkilot raisligiga litsey oʻqituvchisi Sherzod Matkarimov, kotibligiga Dilmurod Oʻrozoqovlar saylandilar va tashkilotning galdagi vazifalari belgilab olindi.
M.Beknazarova,
OʻzLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶