TANLOVDAGI IShTIROKIM MENI YaNA HAM IZLANIShGA UNDADI
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 19-aprel kuni Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov xotirasiga bagʻishlab “Ayoziy bilimdonlari” tanlovi oʻtkazildi.
Tanlov 14-19 va 20-30 yosh toifasida, 3 ta bosqichda boʻlib, 1-bosqichda Ibroyim Yusupov hayoti va ijodiga bagʻishlangan 20 ta test savollari berildi. Bu bosqichdan oʻtgan ishtirokchilar keyingi bosqichda shoir sheʼrlaridan soʻzlar keltirildi va qaysi sheʼridan olingan soʻzlar ekanligini topish talab etildi. Shartni bajargan ishtirokchi 3-shartga oʻtdi. Unda Ibroyim Yusupovning poemalari berilgan boʻlib, u haqida bayon qilib berish kerak boʻldi.
Bu tanlovda men ham oʻz bilim va koʻnikmalarimga tayangan holda qatnashdim va 2-oʻrin sohibi boʻldim. Bu yutugʻimda qoraqalpoq tili fani oʻqituvchim Oygul opa Abdumuratovaning oʻrni alohida. Garchi men 1-oʻrinni ola olmagan boʻlsam-da bundan hech ham xafa emasman. Menga bu katta saboq boʻldi, oʻz ustimda bundan-da koʻproq izlanishim, oʻqishim kerakligini angladim.
Ozoda TOʻLIBOYeVA, 1-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶