“JAHOLATGA QAPShI MAʼPIFAT BILAN KUPAShAMIZ” GPANT LOYIHASI DOIPASIDA MAʼNAVIYaT KUNI OʻTKAZILDI
24-may kuni Qipchoq ShFY hududidagi 11-son umumtaʼlim maktabida “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimining “Jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashamiz” grant loyihasi doirasida “Maʼnaviyat kuni” oʻtkazildi.
“Maʼnaviyat kuni”da 11-son maktab oʻqituvchilari va yuqori sinf oʻquvchilari hamda shaharcha fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxonlar ishtirok etdilar.
Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi Bekman Allaberganov soʻzga chiqib, mazkur loyihani amalga oshirishning ahamiyati va undan koʻzlanayotgan natijalar haqida batafsil maʼlumot berdi. Globallashuv jarayonida yoshlarni yetuk, maʼnaviyatli insonlar qilib tarbiyalashda kitobxonlikning ahamiyati katta ekanligini taʼkidlab, ommaviy madaniyat, diniy-ekstremizm, diniy aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi buzgʻunchi gʻoyalardan iborat adabiyotlar har xil yoʻllar bilan mamlakatimizga olib kirilayotgani, maʼnaviy-maʼrifiy saviyasi past asarlar chop etilayotgani, internet tarmoqlari orqali tarqalayotgan buzgʻunchi gʻoyalar targʻiboti har birimizni ogohlikka chorlashi xususida hayotiy misollar bilan tushunchalar berdi.
Shundan soʻng “Hoji Eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi Pajabboy maxsum Habibullayev yoshlarni mafkura maydonining har qanday xurujlaridan, ayniqsa, aqidaparastlik, diniy ekstremizm, giyohvandlik illatlaridan himoya qilish – sogʻlom kelajak kafolati ekanligi, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda kitobning ahamiyati va yaxshi kitobni tanlay bilish muhimligi haqida oʻquvchi-yoshlarga maslahatlar berdi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, loyiha hamkori Pobiya Yoʻldosheva Internet tarmoqlaridagi oʻrgimchak toʻri va unga ilinib aldanib qolmaslik, xususiy telekanallar orqali efirga uzatilayotgan xorijiy seriallarning yoshlar ongiga salbiy taʼsiri xususida keng toʻxtalib, hayotda har bir inson oʻz oʻrniga ega boʻlishi hamda jaholat botqogʻiga botib qolmasligi uchun kitob bilan oshno boʻlishi zarurligini va yaxshi kitob inson hayotidagi har qanday muammoning yechimini topishda eng yaqin koʻmakdosh, doʻst va hamkor boʻla olishini taʼkidladi.
Davra suhbatida Qipchoq ShFY nuroniylaridan Shomurod Sultonov, Tojiboy Bulishov, Xoʻjaboy Yeshmurodov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Munavvara Joʻldosovalar oʻz fikrlari bilan ishtirok etishdi va oʻquvchi-yoshlarga maslahatlar berib, bugungiday tinch, farovon zamonning qadriga yetish har bir insonning burchi ekanligini aytib oʻtdilar.
Oʻquvchi-yoshlardan Ogʻabek Muhammadsoliyev, Sveta Shomurodova, Iroda Aymirzayeva va boshqalar soʻzga chiqishib, nuroniy otaxon va onaxonlar tomonidan bildirilgan fikrlarga, joʻyali maslahatlarga amal qilish, kitob mutolaasi bilan shugʻullanish oʻzlari uchun foydali ekanligini bildirdilar.
“Maʼnaviyat kuni” yakunida keksa avlod vakillari bilan yoshlarning bu kabi uchrashuvlarini, davra suhbatlarini tez-tez oʻtkazib turish yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishning muhim omili ekanligi eʼtirof etildi va Qipchoq ShFY nuroniylari bilan 11-son maktab oʻquvchilari hamda “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi hamkorlikda “Maʼnaviyat kuni” doirasida tez-tez tadbirlar oʻtkazib turish yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishda muhim omil ekanligi taʼkidlandi.
Shu kuni “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi tomonidan “sayyor kitob karvoni” tadbiri ham oʻtkazilib, oʻquvchi-yoshlar “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi qoshidagi kutubxonaga aʼzo boʻldilar va oʻzlariga manzur kitoblarni mutolaa qilish uchun tanlab oldilar.
P.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶