Tumanimizda DXM orqali hujjat topshirgan abituriyentlar soni 150 nafardan oshdi
Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga koʻra, abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari orqali oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirishmoqda. Davlat xizmatlari markazlari tomonidan hujjatlar abituriyentlarning doimiy roʻyxatda turgan joyi, manzilidan qatʼiy nazar qabul qilinmoqda.
Davlat qabul komissiyasining qaroriga koʻra, quyidagi 5 ta OTM uchun hujjatlarni barcha shahar va tumanlardagi DXMlar orqali topshirish mumkinligi belgilandi.
1. Toshkent davlat yuridik universiteti
2. Qoraqalpoq davlat universiteti
3. Guliston davlat universiteti
4. Fargʻona davlat universiteti
5. Samarqand davlat universiteti
Bir qator hujjatlar, yaʼni har bir abituriyentdan soʻraladigan 086-sonli tibbiy maʼlumotnoma, yashash joyidan maʼlumotnoma, fotosuratlar qisqartirildi. Endi DXMlar orqali hujjat topshirish uchun faqatgina 2 ta hujjat soʻraladi. Abituriyentlar tomonidan fuqarolik pasporti, agar pasport yoshiga yetmagan boʻlsa tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma va 11-sinf negizidagi umumiy oʻrta taʼlimni yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat ilovasi bilan topshiriladi.
Imtiyozga ega boʻlgan abituriyentlar esa imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari lozim.
Tumanimizda Davlat xizmatlari markazi orqali 15-iyundan boshlab, oliy taʼlim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari qabul qilib olinmoqda. Ayni paytda DXM orqali hujjat topshirgan abituriyentlar soni 150 nafardan oshdi. Hujjat qabul qilish jarayoni 15-iyulga qadar davom etadi.
Oʻtgan yili hujjatlarni tajriba tariqasida DXMlar orqali qabul qilish tartibi Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan sinovdan oʻtkazilgan edi. Shunga koʻra, tumanimizda ham DXM orqali mazkur universitetga 3 nafar abituriyentning hujjati qabul qilindi va ulardan 2 nafari talaba boʻlishga erishishdi.
Hurmatli abituriyentlar! Oliy taʼlim muassasalari uchun hujjatlaringizni tumanimizdagi Davlat xizmatlari markazi orqali topshiring va talaba boʻlishga erishing!
B. Saidov, tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶