Zararli illatlardan qutulish – mardlik belgisi
Zararli illatlar haqida soʻz aytganda, albatta, eng avvalo spirtli ichimliklar koʻz oldimizga keladi. Afsuski, hozirgi kunda ichkilik odatiy hol boʻlib qolmoqda. Kattalar-ku mayli, lekin bunga maktab oʻquvchilarining, munosabati ham salbiy emas, balki ijobiy boʻlib qolmoqda.
Bu zararli illatdan qutulish mumkinmi? Buning uchun albatta, ota-onalar farzandlariga eʼtibor qaratishi, vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun biror-bir mashgʻulotga qiziqtirishi kerak. Hozirda toʻy-tomoshalarda hamma mast ahvolda yurdi. Biz yoshlar albatta, kattalardan oʻrnak olamiz. Ularning bu ahvolini koʻrib yoshlar qanday xulosa chiqaradi? Albatta, oʻshanda yooʻlarda spirtli ichimliklar isteʼmol qilish fikri uygʻonadi. Men shunga guvoh boʻlimki, yoshlar ichishsa ham ularga hech kim qattiq gapirmaydi. Ichgan zahoti unga tanbeh bersa, uyalganidan qaytib unaqa qilmagan boʻlarmidi. Nega endi hayotimizning begʻubor, shoʻx va fusunkor davrini ichkilikbozlik bilan oʻtkazishimiz kerak.
Inson oʻzidagi zararli illat-ichkilikbozlikni yoʻqotishi lozim. Ichkilikbozlikning zararli oqibatlari haqida OAVda har kuni aytilmoqda. Hujjatli film va kinofilmlar boshlanmasidan oldin ham spirtli ichimliklar umringiz zavoli deya eslatiladi.
Chekmasdan, spirtli ichimliklar ichmasdan hayot gashtini surishga ne yetsin!
Farruhbek KENJABOYeV, Nukus Davlat Universiteti Akademik litseyining harbiylashtirilgan maxsus guruhi oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶