TUMANIMIZDA 2019-YILDA 10 KILOMETPDAN OPTIQ TOZA IChIMLIK SUVI TAPMOQLAPI TOPTILDI
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida aholi turmush sharoitlarini yaxshilashga, kommunal xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirishga va shu barobarida har bir fuqaroning oʻz turmushidan rozi boʻlib yashashiga erishishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bunda albatta toza ichimlik suvi bilan taʼminlash muhim ahamiyatga ega.
“Tuyamoʻyin – Nukus” mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi Davlat unitar korxonasiga qarashli Amudaryo tuman filialida ham bu borada koʻpgina ijobiy oʻzgarishlarga erishilayapti. Filial balansidagi suv quvurlari va tarmoqlarining umumiy uzunligi 289,7 kilometrni tashkil etadi, shundan asosiy suv quvurlari 69,6 kilometr, koʻcha tarmoqlar esa 220,1 kilometrdan iborat.
2018-yilda “Orolboʻyi mintaqalarini rivojlantirish “ jamgʻarmasi hisobidan Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasi hududidan Olmazor mahallasi hududigacha 2,5 km. uzunlikda magistral suv tarmoqlari, Durunki mahallasi hududida 5,7 km. uzunlikda, Gulzor mahallasi hududida esa 6 km. uzunlikda magistral va koʻcha suv tarmoqlari yotqizildi. Natijada mazkur hududlarda yashovchi aholi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.Doʻstlik, Olmazor mahallalari aholisining ichimlik suv taʼminoti yaxshilandi.
2018-yilgi Investitsiya dasturiga muvofiq Mangʻit shahrining Gurlan koʻchasidan Qipchoq koʻchasi boʻylab 3 km. uzunlikda magistral suv tarmoqlari yotqizilib ,ishga tushirilganligi Oybek, Gulzor mahallasi aholisi uchun juda quvonarli boʻldi. Chunki koʻp yillardan beri mazkur hududlarda ichimlik suvi muammo boʻlib kelayotgan edi.
2018-yilgi “Obod qishloq” dasturi doirasida esa Nazarxon ovuli hududida 6, 9 km., tuman boʻyicha jami esa 24,1 km. uzunlikda magistral va koʻcha suv tarmoqlari yotqizilib, 632 ta xonadonga markazlashgan ichimlik suvi oʻtkazildi va 420 xonadonning ichimlik suv bilan taʼminlanishi yaxshilandi. Qipchoq ovuli hududida 2ta suv tozalash shahobchasi qurilib, foydalanishga topshirilganligi aholining toza ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojini qoplashga xizmat qiladi.
Tumanimizda joriy yilda ham bu borada koʻpgina saʼy – harakatlar olib borilayapti.Xususan “Orolboʻyi mintaqalarini rivojlantirish “ jamgʻarmasi hisobidan shu kungacha Oybek nomli mahalla hududida 5,6 km. , Chordara mahalla hududida esa 0,45 km. uzunlikdagi suv tarmoqlari yangidan tortilib, foydalanishga topshirildi. Yil boshidan beri 10,5 km. uzunlikdagi magistral va koʻcha suv tarmoqlari tortildi va 469 ta xonadon markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Kundalik hayotimizda ichimlik suvga ehtiyojimiz nechogʻlik ulkan ekanligini eʼtiborga olib, oʻz hisobimizdagi suv saqlash va tozalash hovuzlarimizdan unumli foydalanishga, tumanimiz aholisiga meʼyordagi suvni yetkazib berishga harakat qilayapmiz.
Akbar PAJABOV, “Tuyamoʻyin-Nukus” mintaqalararo suv quvuridan
foydalanish boshqarmasi Davlat unitar korxonasi
Amudaryo tuman filiali boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶