2019-YILDA TUMANIMIZDA 17 TA KOʻP QAVATLI UY-JOYLARDA REKONSTRUKTsIYa VA MUKAMMAL TAʼMIRLASh IShLARI BAJARILDI
Tumanda joriy yilda Investitsiya dasturiga muvofiq 17 ta koʻp qavatli uy-joylarda rekonstruktsiya va mukammal taʼmirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilgan edi. Buning uchun 2 mlrd. 911 ming 8 mln. soʻmlik mablagʻ ajratildi.
Rejaga koʻra Mangʻit shahrining Yangiobod mahallasi Gurlan koʻchasida joylashgan 63-,64-,66-,67-,68-koʻp qavatli uylarda “Jumurtov tex. Taʼmir Servis” MChJ tomonidan 979 mln. soʻmlikdan ziyod mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlash ishlari bajarildi. Xususan, ushbu uylarining tom qismi mukammal taʼmirlanib, old qismi yoʻlaklarini beton qoplama bilan qoplash, uylar devorlari poydevorlarini taʼmirlash, 5 ta soyabonli bostirmalar qurish toʻligʻi bilan bajarildi.
Boyovul mahallasi Qilichboy koʻchasida joylashgan 37 a, 37 b, 37 g koʻp qavatli uylar esa “Amudaryo SKB” MChJ quruvchilari tomonidan sifatli taʼmirlandi va oʻzgacha chiroy kasb etdi. Shu kungacha bu uylarning tom qismi mukammal taʼmirlandi, old qismi yoʻlaklari beton qoplama bilan qoplandi, atrofiga 3 ta bolalar maydonchalari, 3 ta soyabonli bostirmalar qurildi. Jami 444 mln. 500 ming soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari sifatli bajarilgani tufayli ushbu koʻp qavatli uylarda yashash uchun aholiga qulay sharoitlar yaratildi.
Shuningdek, Yangiobod mahallasining Amudaryo koʻchasida joylashgan 25-,26-, 27-,Jumurtov koʻchasida joylashgan 57-koʻp qavatli uylarda “Sanjar Diyor building” MChJ tomonidan 680 mln. soʻmlik, Gurlan koʻchasida joylashgan 40-, 41-, 44-, Matbuotchilar koʻchasida joylashgan 40-,41-koʻp qavatli uylarda 807 mln. soʻmlikdan ziyod mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlash va rekonstuktsiya qilish ishlari bajarilib, zamonaviy qiyofa kasb etdi va ushbu koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchilarning yashash sharoitlari yaxshilanishiga erishildi.
Bu – koʻp qavatli uy-joylarni mukammal taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish borasida 2019-yil uchun belgilangan rejalar toʻligʻi bilan ado etildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶