“SIZGA EHTIROM, AZIZ USTOZLAR”
Oʻzbekistonimizning har bir burchagida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan turli xil tadbir va bayram tantanalari boʻlib oʻtdi. 11-sonli maktabimizda oʻqituvchilar kasb bayramiga bagʻishlanib, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni qamrab olgan holda “Sizga ehtirom, aziz ustozlar” nomli tanlov oʻtkazildi. Tanlovda 7-sinf oʻquvchilari ishtirok yetdi. Oʻquvchilar belgilangan bosqich asosida bellashdilar. 1-bosqichda oʻquvchilar oʻzlarini sheʼriy satrlar bilan tanishtirib, ifodali oʻqish koʻnikmasini namoyish etdi. 2-bosqichda sport yoʻnalishi boʻyicha qiz bolalar bellarida halqa aylantirish mashqini bajardilar. 3-bosqichda oʻquvchilarning kompyuterda belgilangan daqiqa ichida qancha soʻzdan foydalana olishi, toʻgʻri yoza olishi baholandi. Bunda oʻquvchilar oʻz ustozlariga ikki daqiqa ichida bayram tabriklarini yozdilar va ifodali oʻqib berdilar. Bu jarayonda tez va bexato yozish mahorati sinovdan oʻtkazildi. Keyingi bosqichda 7-sinf adabiyoti darsligidan tanlab olingan shoir va yozuvchilardan ikkitasining hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar tomoshabinlar va hakamlar hayʼati eʼtiboriga havola qilindi. Soʻnggi bosqichda yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha pazandalik sharti asosida oʻzaro bellashdilar. 7-sinf qizlari tayyorlagan salat va pishiriqlar hakamlar haʼatini hayratga soldi.
Toʻgarak rahbari Yorkinoy Yoqubova tashkil yetgan oʻziga xos va noanʼanaviy tarzda oʻtgan tadbir oʻquvchilarga va ustozlarga bayram kayfiyatini bagʻishladi.
Guloyim BEGJONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶