“AMU YoShLAPI” JAMOASI “DONO BILIMDONLAP” KOʻPIK-TANLOVI SOVPINDOPI
“Dono” nashriyoti maktab oʻquvchilari uchun adabiyot yoʻnalishida taʼsis etgan “Dono bilimdonlar” tanlovining quyi bosqichlarida tumanimizda faoliyat yuritayotgan 76-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining “ Amu yoshlari” jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan edi.
Shu yilning 19-oktyabrida mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston bosqichi boʻlib oʻtdi Unda tumanimizning sharafini himoya qilgan Nodira Eshimbetova, Iroda Pahimova, Sevara Oʻrolboyeva, Shoxruh Xudoyberganov, Zebuniso Karimova, Nasiba Muhammadsoliyeva, Xurshida Abdullayeva, Diyora Ibrohimova, Umida Bozorboyevalardan iborat “Amu yoshlari” guruhi muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdilar va 2 million soʻmlik kitob sotib olish uchun sertifikat bilan mukofotlandilar.
Ularni tanlovga shu maktab oʻqituvchilari Nusrat Kamolov va Samad Baxtiyorovlar tayyorladilar va oʻquvchilarni gʻoliblikni qoʻlga kiritishga ruhlantira oldilar.
Shu yilning 21-oktyabri- dushanba kuni odatdagi haftaning ilk oʻqish kungi saflanishida maktab direktori Gʻayrat Jumanazarov bu xushxabarni oʻquvchilarga eʼlon qildi va barcha oʻqituvchilar, oʻquvchilar nomidan “Amu yoshlari” guruhi aʼzolarini va ularni ushbu tanlovga tayyorlagan Nusrat Kamolov va Samad Baxtiyorovlarni erishilgan yutuq bilan qizgʻin qutlab, ulkan minnatdorchilik bildirdi.
Eng muhimi,erishilgan bu muvaffaqiyat tufayli maktab kutubxonasi badiiy adabiyotlar bilan yana ham boyiydigan boʻldi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶