KONSTITUTsIYa - FAROVON HAYoTIMIZ POYDEVORI
Joriy yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi nishonlanadi.
8-dekabr halqimiz uchun mustaqil taraqqiyot yoʻlini belgilab, milliy davlatchilik, yangi siyosiy-ijtimoiy tizim barpo etish, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishning huquqiy poydevorini yaratib bergan muhim sanalardan hisoblanadi.
Konstitutsiya oʻtgan yillar mobaynida mamlakatimizning inson, uning huquqlari, manfaat va erkinliklarini haqiqiy qadriyat deb biladigan mustaqil va suveren davlatga aylanishida asosiy dastur boʻldi.
Konstitutsiya xuquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Unda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy oʻzgachaligi, rivojlanishning asosiy belgilari, davlatning ichki va tashqi siyosatidagi asosiy yoʻnalishlari oʻz ifodasini topgan.
Bosh Qomusimizning 2-moddasida: “Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar” deb belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-sonli Farmoni bandlarida ham davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida ularning sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkoniyatini tubdan oshirish orqali «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» degan ulugʻvor gʻoyani soʻzsiz amalga oshirish belgilangan.
Bosh Qomusimiz tariximiz, boy maʼnaviy merosimizni tiklash, mamlakatimizda obod va farovon hayot qurish, Vatanimizni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga qoʻshishda muhim poydevor boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimizda yuz berayotgan siyosiy yangilanishlar, ulkan islohotlar amalga oshirilishi hamda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini hayotga tadbiq etishda muhim ahamiyatga egadir.
Yurtimiz farovon turmushining rivojida Konstitutsiyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Oʻktam Gafurov, tuman Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶