17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 15:37
Jamiyat 👁 417

KONSTITUTsIYaNI YaRATISh YOʻLIDAGI TARIXIY QADAMLAR

KONSTITUTsIYaNI YaRATISh YOʻLIDAGI TARIXIY QADAMLAR

Konstitutsiya davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning oʻzaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarini belgilab beradi.

Konstitutsiyani yaratish yoʻlidagi birinchi huquqiy qadam – oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishidir.

Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning“Oʻzbekiston mustaqillikka erishish ostonasida”, “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch” asarlarida mustaqillik arafasida oʻzbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasida qanday qizgʻin, baʼzida keskin va murosasiz bahslar boʻlib oʻtganinixalqimiz aslo unutmaydi.

Oʻshanday qaltis va murakkab vaziyatda, Islom Karimov haqli ravishda qayd etganidek: “ogʻir-vazminlik bilan ish tutib, har tomonlama oʻylab, mulohaza qilib, barcha siyosiy va ijtimoiy guruhlarning talablarini qondiradigan, eng muhimi, xalqimiz va Vatanimiz manfaatlariga javob beradigan yagona toʻgʻri yoʻlni topishga erishdik”.

Shunday qilib dastavval, “Davlat tili toʻgʻrisida”gi qonunda mustahkamlangan muhim huquqiy qoidalarendilikda Asosiy Qonunimizning 4-moddasida quyidagicha muhrlab qoʻyildi:

“Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili oʻzbek tilidir. Oʻzbekiston Respublikasi oʻz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinishini taʼminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi”.

Konstitutsiyani yaratish yoʻlidagi yana bir huquqiy qadam – Prezidentlik instituti taʼsis etilishi va yangi davlat ramzlarini tayyorlash boʻyicha komissiya tuzilishi bilan bogʻliq.

Yurtimiz hayotidagi bu gʻoyat muhim va hayajonli voqealar 1990-yilning mart oyida boʻlib oʻtganini eslash joiz. Oʻshanda, yaʼni Mustaqilligimiz eʼlon qilinishidan bir muncha vaqt oldin, oʻn ikkinchi chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasida sobiq ittifoq tarkibidagi respublikamizda Prezidentlik lavozimi joriyetildi, davlat ramzlari haqidagi masala muhokama qilinib, bu borada maxsus komissiyatuzildi. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor ana shu sessiyada ilgari surildi.

Konstitutsiyani yaratish yoʻlidagi uchinchi huquqiy qadam –“Mustaqillik deklaratsiyasi”ning eʼlon qilinishidir.

Oʻzbekiston Oliy Kengashi tomonidan 1990-yil 20-iyunda eʼlon qilingan “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning 8-bandida Oʻzbekiston “oʻzining taraqqiyot yoʻlini, oʻz nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) oʻzi taʼsis etadi”degan qoida mustahkamlangan.

Asosiy Qonunimizga nisbatan bunday yuksak va xolis baholar berilishi bejiz emas. Buni, jumladan quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin.

Birinchidan, bizning Konstitutsiya haqiqatan ham demokratik Konstitutsiyadir. Tarixda sinalgan umumin soniy, umum bashariy qadriyatlarni, xalqaro andozalarni oʻzida mujassam etgan hujjatdir.

Ikkinchidan,bizning Konstitutsiya engrivojlangan, taraqqiy topgan davlatlarning tarixiy tajribasiga tayangan holda yaratilgan. Bunda qaysidir davlatning tayyor Konstitutsiyasini koʻr-koʻrona koʻchirib olish yoʻlidan bormay, balki eng ilgʻor xorijiy konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrgandik va eʼtiborga oldik. Natijada endilikda Bosh Qomusimiz dunyo miqyosida ham har qanday taraqqiy topgan davlat Konstitutsiyasi bilan bemalol kuch sinashmoqda.

Uchinchidan, Konstitutsiyaning gʻoya va normalari oʻzbek xalqining teran tarixiy ildizlariga asoslangan boʻlib, u koʻp asrlik tajriba va maʼnaviy qadriyatlarni, ulugʻ ajdodlarimizning huquqiy merosini oʻz ichiga olgan.

Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyani ishlab chiqish, muhokama etish va qabul qilish jarayoni Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma” boʻlganligi,  u “xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini” aks ettirishi, uning “xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli” ekani haqidagi hikmatli xulosalari toʻgʻri va asoslangan ekanini yaqqol tasdiqlaydi.

Haytboy QUTLIMURATOV,
12-sonli  maktab  oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019