Ishchi guruh aʼzolari “Qurilish xizmat” MChJ ishchi yoshlarining faoliyati bilan tanishdilar
Yurtimizda bugungi kunda insonlarning hayot tarzini yaxshilash, farovon turmush sharoitlarini yaratish, ayniqsa, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan hamda yosh oilalarga moddiy-maʼnaviy yordam berish borasida keng koʻlamli islohotlar qilinmoqda.
Tumanimizda ham aholining kam taʼminlanganlik darajasini pasaytirish, qolaversa, uy-joyga muhtoj insonlarni arzon uy-joy bilan taʼminlash maqsadida imtiyozli kreditlar asosida uy-joylar qurilib, foydalanishga topshirilmoqda. Ushbu xayrli ishni amalga oshirishda tumandagi qurilish tashkilotlari qatori “Qurilish xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyatining ham hissasi katta.
Tumanimizga tashrif buyurgan ishchi guruh aʼzolari “Qurilish xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyatining hamda unda xizmat qilayotgan yoshlarning faoliyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
Taʼkidlash kerakki, tashkilotda jami 96 nafar ishchi xodim mavjud boʻlib, shundan 71 nafari, yaʼni 73 foizi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil qiladi. Tashkilot rahbari Bahodir Toʻraboyev oʻz jamoasi bilan birgalikda shu kungacha qurilish ishlarini samarali amalga oshirib kelmoqda.
Shu oʻrinda aytish kerakki, tumanimizda oʻtgan yili jami 4 massivda 212 ta namunaviy loyihalar asosida 37 mlrd. 402 mln. soʻmlik uy-joylar qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Shundan 5 ta koʻp qavatli uylarda 80 ta xonadon, 124 ta 2 sotixli, 8 ta 4 sotixli uy-joylar Bahodir Toʻraboyev rahbarligidagi “Qurilish xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurildi.
Ayni paytda ham Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylarni qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida tumanimizdagi “Gulzor” mahallasi hududida jami 48 xonadonni tashkil qiladigan, 2 ta 4 qavatli 24 xonadonli uy-joylar pudratchi tashkilotlar tomonidan qurilmoqda. Mahalla hududidagi “Qurilish xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uy-joyning foydalanishga topshirish muddati 2020-yilning may oyiga belgilanganligi sababli, bugungi kunda qurilishda 50 foiz ishlar bajarildi.
Fidoyi yoshlar va Respublika ishchi guruhi aʼzolari “Qurilish xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyatida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan yaqindan suhbatlashdilar. Ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, fikr hamda tajriba almashdilar.
Tuman hokimligi axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶