MAMLAKATIMIZDA 2020-YILDA ILM-MAʼPIFAT YuQOPI POGʻONAGA KOʻTAPILADI, QIZLAP OLIY TAʼLIM OLIShI UChUN QOʻShIMChA IMTIYoZLAP BEPILADI
Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor, avvalo, oʻqituvchilar, olim va ziyolilarga koʻrsatilayotgan hurmat va ehtiromda oʻz ifodasini topgan, desam mubolagʻa qilmagan boʻlaman. Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilaridan tortib oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, olim va akademiklarning mehnatiga haq toʻlash, ularni alohida yutuqlari va xizmatlari uchun moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha qabul qilingan Prezident Farmon va Qarorlari jamiyatimizda ilm-fan, taʼlim-tarbiya sohasi fidoyilariga koʻrsatilayotgan beqiyos katta hurmatdir.
Men bugun Prezidentimizning parlamentga Murojaatini tinglab, barcha sohalarni yuksak taraqqiy ettirish, Oʻzbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari qatoridan joy olishiga erishishning asosiy kaliti – bu ilm-maʼrifatni yuksaltirish, bilimdon, yuqori salohiyatli yoshlarni tarbiyalash, har bir inson oʻzini islohotlarning haqiqiy jonkuyari sifatida namoyon etishida ekanligini yana bir bor his etdi.
Prezidentimiz jon kuydirib aytayaptilarki, “ilm-maʼrifatsiz iqtisodiyot emas, bizga ilm-maʼrifat bilan uygʻun rivojlangan iqtisodiyot kerak!” Aynan shunday uygʻunlikni taʼminlash maqsadida 2020-yilga “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berdilar.
Oʻz-oʻzidan ayonki, yilimizga berilgan nomga mutanosib ravishda ilm-fan rivoji uchun yanada dadil qadamlar qoʻyiladi. Prezidentimiz oʻz nutqlarida ilmga intiluvchan, salohiyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash borasida qoʻshimcha imtiyozlar yaratish, grantlar va yoshlarning oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun yaratiladigan imkoniyatlar, bajariladigan ishlar salmogʻi yanada oshirilishini alohida eʼtirof etdilar.
2020-yil davomida xotin-qizlarning kichik biznes loyihalari uchun 100 milliard soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilishi, 1 ming 576 nafar uy-joyga muhtoj ayollar uy-joyga ega boʻlishlari uchun byudjet mablagʻlari hisobidan boshlangʻich badal toʻlab berilishi, bundan tashqari, oliy taʼlim olishni xohlagan qizlarimizga alohida imtiyozlar berilishini eʼtirof etganlarida, nafaqat zaldagi yigʻilish ishtirokchilari, balki butun mamlakatimiz ayol-qizlari cheksiz quvondilar.
Nazarimda, mamlakatimizda xotin-qizlarga koʻrsatilayotgan bu kabi hurmat va ehtirom, eʼtibor hech qachon boʻlmagan. Buni tan olishimiz kerak. Agar yilimizning oʻziga xos nomlanishidan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshiriladigan jamiki ezgu ishlarda ham ayol-qizlarimiz peshqadam boʻladilar. Bunga aslo shak-shubha yoʻq. Chunki ilm-fan, taʼlim tizimi, moliya va iqtisodiyot sohasi fidoyilarining eng jonkuyarlari, elim, yurtim degan zabardast xodimlari, olim-u fuzalolari orasida ayol-qizlar juda koʻpchilikni tashkil qiladi.
Prezidentimiz oʻz nutqlarida barcha sohalarda korruptsiyani tag-tomiri bilan yoʻqotish haqida alohida toʻxtaldilar. Chunki jamiyat taraqqiyotiga monʼelik qilayotgan eng katta illat – bu tanish-bilishchilik, oshna-ogʻaynigarchilik, boshliqning bolasi – boshliq, dehqonning bolasi – dehqon boʻlishi kerak, degan oʻta sayoz, toʻgʻrirogʻi, oʻta yomon tushunchadir. Garchi, biz jamiyatni ana shu illatdan tozalamas ekanmiz, Prezidentimiz oʻz Murojaatnomalarida ilgari surayotgan tashabbuslarni amalga oshirishimiz, tahliliy koʻrsatkichlarga erishishimiz murakkabligicha qolaveradi. Prezidentimizning har qanday korruptsion koʻrinishga murosasizlik bilan bildirgan fikrlari xalqimiz dilidagi fikrlarga hamohang boʻldi.
2020-yilda 6 yoshli bolalarni bir yillik taʼlim bilan qamrab olish uchun 130 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi haqidagi soʻzlari ham davlatimiz rahbarining uzoq kelajakni koʻzlab qilayotgan saʼy-harakatlarining yorqin ifodasidir. Chunki bunda 6 yoshli bolada nafaqat ilm egallashga koʻnikma hosil qilinadi, balki bola ilmga intilishi jarayonida hayotga ham tayyorlab boriladi.
Prezidentimizning parlamentga Murojaatnomasini orziqib kutgan edim. Men ushbu Murojaatnomaning har bir satridan xalqimiz hayotiga chuqur maʼno va mazmun baxsh etuvchi maʼnolar, mohiyatlar topdim. “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da bu maʼnolar, mohiyatlar – hayotimizga chuqur mazmun baxsh etadi.
Pobiya YOʻLDOShEVA, Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶