QINGʻIR IShNING QIYIGʻI ChIQDI, 40 KUNGA HAM YeTMADI
Xalqimizda asrlar sinovidan oʻtgan bir ibora bor: “qingʻir ishning qiyigʻi qirq yildan soʻng ham chiqadi”, - deydilar. Lekin Alpomishday kuch-quvvatga toʻlgan Hayitboy (ism-sharifi oʻzgartirildi) Madraimovning qilgan oʻgʻirlik jinoyati qirq yil emas, qirq kunga ham yetmay fosh boʻlganini hisobga olsak, har qanday qingʻir ish jazosiz ham qolmaydi.
Barchasi Chimboy tumanida yashovchi tadbirkor S.Tning omborxonasida sodir etilgan oʻgʻirlik yuzasidan Chimboy tuman IIBga kelib tushgan arizasi boʻyicha tergov-surishtiruv ishlaridan boshlandi. S.Tga tegishli boʻlgan 1 dona 11 KVT quvvatga ega va 7 dona 1,5 KVT quvvatga ega elektrodvigatellar, 1 dona bolgarka uskunasi hamda xoʻjalik buyumlari bir kechada oʻgʻirlab ketildi. Tezkor surishtiruv ishlari olib borilishiga qaramay, jinoyat ishi ochilmagach, ushbu jinoyat ishi OʻzJPKning tegishli moddalariga koʻra, harakatdan toʻxtatildi. Ammo...
Xalqimizda yana bir ibratli maqol bor: “Koʻr koʻrni qorongʻida topadi” – deydilar. haqiqatan shunday boʻldi. Avvalgi qingʻir ishi oshkor boʻlmaganidan “ruhlangan” Hayitboy Madraimov belini ogʻritmay, jonini qiynamay yashashning hadisini olganidan yana bir qingʻir qadam qoʻydi. Bu gal unga Nukus shahrida istiqomat qiluvchi oʻzi bilan tengdosh Joʻlliboy Pirimmatov (ism-sharifi oʻzgartirildi) ismli shaxs hamroh boʻldi. Ikkovlon birgalashib Qoraoʻzak tumanida yashovchi tadbirkor K.A.ning temirchilik ustaxonasidan bir dona elektrodvigatel va bir dona bolgarka uskunasini oʻgʻirlashdi. Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida oʻgʻrilar uzoqqa borishmadi. Oʻgʻirlik ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan sheriklar Oʻzbekiston Respublikasi JPKning tegishli moddalari tartibida ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortildilar.
Biri Amudaryo tumanining ovullaridan birida, biri esa Nukus shahri mahallalaridan birida hisobda turuvchi bu shaxslarni birlashtirgan “qingʻir ishning qiyigʻi chiqdi”gina emas, ular oʻz qilgan jinoyatlari boʻyicha ayblanuvchi sifatida ishga jalb etilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi.
Ayni paytda mazkur jinoyat ishi boʻyicha tegishli tezkor tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shuni aytadilar-da, “buzoqning yugurgani somonxonagacha”, - deb.
Orifjon Qosimov, IIB XPB katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶