MUPOJAATLAP EʼTIBOPSIZ QOLMAYDI
Bugungi kunda fuqarolarning huquqiy ongini, madaniyatini oshirish boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunining 5-moddasida murojaatlarning shakllari va turlari belgilangan boʻlib, unga muvofiq, murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkinligi belgilangan. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanadi. Ularning shakli va turidan qatʼiy nazar, bir xil ahamiyatga egadir.
Tuman Iqtisodiy sudi tomonidan fuqarolarning huquqiy ongini, madaniyatini oshirish, ularni qiynayotgan masalalar boʻyicha huquqiy maslahatlar, amaldagi qonun hujjatlari boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berish maqsadida alohida rejalar tasdiqlangan. Mazkur rejalarga muvofiq 2019-yil davomida jami 49 ta targʻibot ishlari amalga oshirilgan boʻlib, shundan 15 ta sayyor qabullar va sayyor uchrashuvlar, 7 ta davra suhbatlari, “Mening mahallam – mening sudyam” dasturi boʻyicha aholi bilan 27 ta uchrashuvlar amalga oshirildi.
Tuman Iqtisodiy sudiga 2019-yil davomida jami 10 ta ogʻzaki murojaatlar kelib tushgan edi. Ularga mazmuni boʻyicha tegishli huquqiy javoblar va tushuntirishlar oʻz vaqtida berildi.
Odil sudlovni amalga oshirish, sudni “Adolat qoʻrgʻoni”ga aylantirish, xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri, yuzma-yuz ochiq suhbatlar oʻtkazilib, ularning muammolarini hal qilishda tuman Iqtisodiy sudi tomonidan yaqindan yordam berilmoqda. Fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, bu boradagi ishlar 2020-yilda ham davom ettirilmoqda.
Oʻtkirjon SOBIPOV,
tuman Iqtisodiy sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶