“HECh BIR ShAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI” HUQUQIY AKTsIYaSI DAVOM ETMOQDA
Adliya vazirligi tomonidan shu yilning 20-yanvar sanasidan boshlab “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aktsiyasiga start berildi. Endilikda 20-martga qadar davom etadigan ushbu huquqiy aktsiya doirasida oʻz vaqtida olinmasdan qolgan tugʻilganlik haqida guvohnoma, oʻlim haqida guvohnoma, ID karta, roʻyxatdan oʻtkazilmagan tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan koʻchmas mulk obʼektlarini roʻyxatdan oʻtkazishga doir hujjatlar rasmiylashtiriladi.
Huquqiy aktsiya davomida Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi tomonidan Boʻston mahallasida yashovchi Qurbonboyev Shavkat va Atadjanova Mavludalarning yoʻqotilgan nikoh guvohnomasi va 2 nafar farzandlarining tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari sayyor tartibda joyiga chiqqan holda topshirildi. Shuningdek, Chordara mahallasida yashovchi Ataniyazova Anorgulning 1995-yilda vafot etgan, ammo muddatida qayd qilinmay qolgan oʻgʻli Xudaybergenov Mahmudning oʻlimi Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi qaroriga asos qayd qilindi va oʻlim haqidagi guvohnomasi sayyor tartibda topshirildi. Oʻtkazilgan xatlov natijasida aniqlangan 1ta tugʻilganlik va 12ta oʻlimi qayd qilinmay qolgan holatlar yuzasidan tuman Adliya boʻlimi tomonidan Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudiga daʼvo ariza kiritilishida fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Aktsiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar fuqarolarimizning huquqlari taʼminlanishi, har qanday muammolarga davlat organlari tomonidan yechim topilishi va ularning ishonchlari suiisteʼmol boʻlmasligiga xizmat qiladi.
M.Eshmuradova, tuman
FHDYo boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶