NODIRANING DADIL QADAMI
Mamlakatimizda ayol-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, shu barobarida jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash yuzasidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar tufayli tadbirkor xotin-qizlar safi tobora oshib bormoqda.
“Al-kafil biznesplast” MChJ rahbari Nodira Vaisova tadbirkorlik sohasiga dadil qadam qoʻyib, oʻz biznesi boʻyicha yuqori natijalarga erishayotganlardan. U “Xalq banki”ning tuman boʻlimi orqali 40 ming AQSh dollari miqdorida kredit olib, tadbirkorlik sohasida oʻz faoliyatini boshlaganida koʻpchilik: “ayol boshi bilan buncha katta miqdorda kredit olibdi-ya”, deb hayron qolishgan boʻlsa, uning oʻzi tanlagan sohasida erishayotgan muvaffaqiyatlarini koʻrib yanada hayratlanishdi.

“Intilganga tole yor”, degan hikmatni bekor aytishmaydi xalqimiz. Nodiraxon rahbarligidagi “Al-kafil biznesplast” MChJ qisqa fursatlarda 7 xil turdagi isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirdi, 10 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Korxonada roʻzgʻor buyumlari yuqori sifatda ishlab chiqaralib, allaqachon oʻz mijozlariga ega boʻldi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶