Askarlar OTMlarga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomaga ega boʻlish uchun imtihondan oʻtishdi
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar har yili oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda qoʻshimcha ball beradigan harbiy qism komandirining imtiyozli tavsiyanomalarini qoʻlga kiritish uchun respublika boʻylab test sinovlarini topshirishadi.
Shu yilning 18-fevralida tumanimizda faoliyat yuritayotgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari tarkibidagi 9202 “D” harbiy qismida muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlar uchun mamlakatimiz hududidagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi harbiy qism komandirining tavsiyanomasini qoʻlga kiritish uchun test sinovlaridan oʻtishdi.
Shunisi eʼtiborliki, sinovlar askarlar uchun yaxshi sharoitga ega, qulay, yorugʻ xonalarda boʻlib oʻtdi. Jarayonga Oʻzbekiston Pespublikasi Davlat test markazining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boʻlimi boshligʻi Muzaffar Abdullayev, 9202 harbiy qism komandirining oʻrinbosari Alisher Yunusovlar rahbarlik qildilar.
Askarlarning bilimlarini sinovdan oʻtkazishda shaffoflik taʼminlandi. Sinovlar natijalariga koʻra, yuqori ball toʻplagan askarlarga oliy oʻquv yurtlariga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar beriladi. Bunday tavsiyanomaga ega boʻlganlarga oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball beriladi.
Shuni taʼkidlash kerakki, mazkur harbiy qismda muddatli harbiy xizmat burchini oʻtab boʻlgach, oliy oʻquv yurtlarida oʻqish istagani bildirayotgan askarlarning tavsiyanomaga ega boʻlishlari uchun tayyorgarlik koʻrishlariga barcha sharoitlar yaratildi. Ularning jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik boʻyicha koʻnikmalarini mustahkamlashdan tashqari fanlarni ham chuqur oʻrganishlariga gʻamxoʻrlik qilindi.
Harbiy xizmat har bir yigitning sharafli burchidir. Eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan, fan asoslarini oʻzlashtirgan, eng muhimi, hayot haqida oʻzining mustaqil qarashlariga ega va milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga hurmat bilan qaraydigan yigitlar armiya safiga saralab olinmoqda. Ularning bir yil davomida koʻngillarida vatanparvarlik, yurtga xizmat qilish tuygʻusi yana ham kuchayib, munosib oʻgʻlonlar boʻlib qaytishadi. Ularning kelajagi davlatimizning doimiy eʼtiborida. Oliygohlarga oʻqishga kirishda tavsiyanomaga ega boʻlganlarga qoʻshimcha ball berilishi, ishga joylashishida amaliy yordam koʻrsatilayotgani shular jumlasidandir.
18-fevral kuni oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kirishda imtiyoz beruvchi tavsiyanoma uchun oʻtkazilgan test sinovlarida 2019-yilda harbiy xizmatga chaqirilib, 9202-harbiy qismda muddatli harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlar orasida yuqori ball toʻplashga erishgan yigitlarning ham mehnatlari beiz ketmaydi. Ular ham tavsiyanomaga ega boʻlib, oʻzlari tanlagan oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olishga erishishadi va egallagan kasblari orqali jamiyat ravnaqiga hissa qoʻshishadi.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶