“BAHOR NAVOLARI – SIZGA ARMUĞON!” DEB NOMLANGAN SINF KONTsERTI ÖTKAZILDI
Musiqa inson ruhiyatini tetiklaştiradi. Ibn Sino özining “Tib qonunlari”kitobida bir örinda musiqaning ruhiy taʼsir kuçiga baho berib, gödakning tarbiyasidagi ahamiyatini şunday taʼriflaydi: “Gödakning organizmi çiniqişi uçun ikki narsa zarur: biri uni asta qimirlatib tebratiş, ikkinçisi esa onaning qöşiği, yaʼni alladir. Birinçisi bolaning tanasiga, ikkinçisi ruhiga tegişlidir”. Demak, musiqa insonga maʼnaviy ozuqa bölişi bilan birga uni tarbiyalaşda ham ahamiyatli.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tumanimizning sanʼatga ixlosmand yoşlariga ilk soha taʼlimini berib, iqtidorlarini namoyon etişlarida muhim ijodiy pillapoya bölayotgan maskandir. Uşbu muassasada taʼlim-tarbiya olib, öz ijodi bilan xalqimizni xuşnud qilayotgan taniqli sanʼatkor, mohir murabbiy bölib yetişganlar köpçilikni taşkil etadi.
Maktabda öquv yili rejasiga muvofiq maʼlum muddatlarda turli bölimlar sinflarida sanʼat sir-asrorlarini qunt bilan örganayotgan öquvçilarning sinf kontsertlari ötkazilib turiladi.
Anʼanaga muvofiq şu yilning 5-martida ötkazilgan fortepiano bölimi sinf kontserti möʼtabar onaxonlar, lobar ayol-qizlarga bağişlandi.
Uşbu bölim rahbari Dilfuza Rahimova boşçiligida öquvçilar tadbirga jiddiy va puxta tayyorgarliklar körişdi. Bu bejiz emas. Şu örinda aytiş joizki, sinf kontsertlari muassasa majlislar xonasida barça öqituvçilar köz öngida ijro etiladi. Öz-özidan maʼlumki, bunda bölim öqituvçilarining ham, şogirdlarining ham ötgan davrdagi mehnati közga yaqqol taşlanadi. Bu esa sahnaga çiqişda özgaça masʼuliyat yuklaydi. Qolaversa, mazkur tadbirga öquvçilar ota-onalarining ham taklif etilgani ijro masʼuliyatini yana ham oşirdi. Aslida bölim sinf kontsertlarini ötkazişdan közlangan maqsad sanʼat olamiga qadam qöygan yoşlarda sahna madaniyatini tarbiyalaş, tomoşabinlar oldida özini erkin tutib, ularga mahoratini namoyiş eta oliş könikmasini şakllantiriş, ularni yangi ijodiy işlarga ruhlantiriş, rağbatlantirişdan iborat.
“Bahor navolari - sizga armuğon” deb nomlangan mazkur sinf kontserti ikki qismda ötkazildi. Birinçi qismda öquvçilar fortepiano, skripka, truba asboblarida özbek va çet el kompozitorlarining ayolni, köklam faslini madh etuvçi kuylarini ijro etdilar. Şu bölimning 1-7-sinflarida taʼlim olayotgan öquvçilar ijrosini barça ustozlar, ota-onalar qiziqib tingladilar va qarsaklar bilan olqişladilar.
Kontsertning ikkinçi qismida öquvçilar ayol-qizlar, onalar şaʼniga taniqli şoirlarimiz bitgan şeʼrlarni mahorat bilan ijro etdilar.
Şuningdek, barçaga bahoriy kötarinki kayfiyat bağişlovçi milliy kuy-qöşiqlarimiz yangradi. Fortepianoda ijro etilgan. “Çamanda gul”, “Guldasta”, “Bahor valsi” kabi milliy kuylar barçaga manzur böldi. Şuningdek estrada xonandaligi bölimi öquvçi-qizlari ijro etgan “Kabutar”, “Lolagullar” kabi qöşiqlari, raqs bölimi qizlarining jozibali raqslari tadbir şukuhini oşirdi.
Ötkazilgan “Bahor navolari - sizga armuğon” deb nomlangan sinf kontserti tadbiri möʼtabar va munis ayol-qizlar bayramiga bağişlanganligi ijroçilarga ham özgaça masʼuliyat va kötarinki kayfiyat bağişladi, mahorat bilan ijro etişga undadi.
9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi öqituvçilari jamoasi hamkorligida tayyorlangan uşbu tadbir öquvçilarning ota-onalariga ham juda manzur böldi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶