17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 17:13
Jamiyat 👁 341

SUDLAR FAOLIYaTIDA KARANTIN QOIDALARIGA QATʼIY AMAL QILINAYaPTI

SUDLAR FAOLIYaTIDA KARANTIN QOIDALARIGA QATʼIY AMAL QILINAYaPTI

Amudaryo tumani Iqtisodiy sudi pandemiya sharoitida oʻz ish faoliyatini  belgilangan talablar asosida olib borayapti.

Aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining 2020-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan, sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha toʻxtatilgan edi.

Maxsus komissiya qaroriga muvofiq 8-maydan boshlab, mamlakatimiz hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” toifaga ajratilishi munosabati bilan 12-may kuni Oliy sud Rayosati yuqoridagi Qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritdi. Bunga koʻra, “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli toʻxtatib turildi va murojaatlarni faqat elektron tarzda yoki pochta orqali yuborish tavsiya qilindi.

Bizning tumanimiz “yashil” toifaga kirganligi bois, sudlarning fuqarolarni qabul qilishi va barcha ishlarning belgilangan tartibda koʻrilishiga ruxsat berildi. Bunda faqat karantin qoidalariga qatʼiy amal qilish, yaʼni oraliq masofani saqlagan holda tibbiy niqob va antiseptik vositalardan foydalanib ish yuritilmoqda. Shuningdek, sud binolariga kirish-chiqish joylarida qatʼiy nazorat oʻrnatilib, tibbiy niqobsiz tashrif buyurgan, tana harorati 37 darajadan yuqori boʻlganlar binoga kirishi taqiqlanmoqda.

Tuman Iqtisodiy sudida shu yil 16-martdan 20-maygacha qoldiq daʼvo arizalar 11 ta, pandemiya davrida kelib tushgan arizalar 197 ta, jami 208 ta  daʼvo arizalar roʻyxatga olindi. Shuning 5 tasi yetarli asoslar taqdim etilmaganligi uchun koʻrib chiqish rad etildi va murojaatchiga oʻz muddatida bu haqda xabar qilindi, 29 tasi qabul qilinmasdan rad etildi. 111 ta daʼvo arizalar Iqtisodiy sud ish yurituviga qabul  qilinib, tegishli tartibda koʻrib chiqildi, 63 ta daʼvo ariza koʻrib chiqish uchun ish rejasiga kiritilgan.

 

 

Buningdek faoliyatni olib borishda xodimlarning karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishi taʼminlanmoqda. Murojaatchilar, fuqarolardan ham bu tartibga amal qilish soʻralmoqda.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi ham pandemiya sharoitida belgilangan tartib-qoidalar asosida faoliyat yuritmoqda.

Shuni taʼkidlash kerakki, 2019-yilda tuman Iqtisodiy va Fuqarolik sudlari zamonaviy uslubda qurilgan, barcha sharoitlarga ega yangi binoga koʻchib oʻtganligi tufayli mazkur sudlar ish faoliyati uchun qulay sharoit yaratildi. Shuningdek, murojaat qiluvchilar uchun ham kutish joylari mavjud.

Karantin davrida, yaʼni shu yil 16-martdan 20-maygacha Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudiga jami 177 ta daʼvo arizalar kelib tushgan, 184 ta qoldiq daʼvo arizalar bilan hisoblaganda ulardan 1 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa sudga yuorildi, 9 tasi qabul qilinmasdan qaytarildi, 143 ta daʼvo arizalar sud ish yurituviga qabul qilinib, tegishli tartibda koʻrib chiqildi. 206 ta daʼvo arizalar esa koʻrib chiqilishi sud ish rejasiga kiritildi.

Mazkur sud binosida ham karantin qoidalariga qatʼiy amal qilinmoqda, qabulga kelgan fuqarolarning ham tibbiy niqobda, oraliq masofa saqlagan holda binoga kirib kelishi, kutib oʻtirishi taʼminlanmoqda. Qisqa qilib aytganda, tuman Iqtisodiy, Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari faoliyati sharoit taqozosiga koʻra tashkil etilib, tumanimizda sanitariya epidemiologik-osoyishtalik barqaror boʻlishi uchun harakat qilinmoqda.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019