KAPANTIN TALABLAPI IJPOSI MASʼUL OPGANLAP TOMONIDAN NAZOPAT QILINDI
Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning eng samarali yoʻli shaxsiy gigiyena qoidalari bilan birga karantin tartibiga amal qilishdir. Yurtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish va jilovlashga erishish borasida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarda ham ushbu qoidalar ijrosini nazorat qilish muhim oʻrin tutadi.
Shu yil 28-may kuni tumanimizda faoliyat yuritayotgan savdo doʻkonlari, yetkazib berish xizmati bilan shugʻullanayotgan oshxonalar, tibbiyot muassasalari va boshqa idoralardagi karantin talablari boʻyicha holat Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Sanitariya epidemiologik-osoyishtalik markazi, tuman Ichki ishlar boʻlimi masʼullari tomonidan koʻzdan kechirilganida koʻpgina kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilayotganligi aniqlandi. Xususan, Mangʻit shahrining Buyuk turon koʻchasida joylashgan “Taxiatosh sharapsauda” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli 18-sonli doʻkon kirish eshigi oldiga dezinfektsiyalangan toʻshama qoʻyilmaganligi, mijozlarning haroratini oʻlchovchi asbob mavjud emasligi maʼlum boʻldi.
Ayni karantin paytida “Serob niyat” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli “Toʻlqinjon” oshxonasi mijozlarga tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatini koʻrsatmoqda. Tekshirishlar davomida mazkur oshxona ishchilari karantin qoidalariga amal qilmasdan, maxsus ishchi kiyim kiymasdan, tibbiy niqob taqmasdan ishlayotgani aniqlandi. Ularga sanitariya-profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, Berdaq koʻchasining 11-uyida joylashgan “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat bankining “Amudaryo” filiali nazoratdan oʻtkazilganda binoga kirish eshigiga dezinfektsiyalangan toʻshama toʻshalmaganligi, mijozlar oʻrtasida ijtimoiy masofa saqlanmayotganligi, ishchi-xodimlar maxsus kiyim va tibbiy qoʻlqop kiymasdan ishlayotganliklari aniqlanib, holat yuzasidan masʼul xodimlar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Bundan tashqari, Buyuk Turon koʻchasida joylashgan “Shavkatova Durdona Mansur qizi” oilaviy korxonasiga qarashli oziq-ovqat doʻkoni kirish eshigi oldida ham dezinfektsiyalangan toʻshama yoʻqligi, mijozlar bilan masofa saqlash uchun toʻsiq bloki tashkil etilmaganligi, tana haroratini oʻlchaydigan asbob ham yoʻqligi, sotuvchi antiseptik vosita bilan taʼminlanmaganligi maʼlum boʻldi. Peyd davomida aniqlangan ushbu kamchiliklar yuzasidan korxona rahbariga ogohlantirish berildi.
Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy shifoxona kirish darvozasi oldida toʻsiq blok tashkil etilgan, teplovizor bilan taʼminlangan, antiseptik vositalar mavjud. Biroq shifoxonaning qabul boʻlimida ishlovchi tibbiyot xodimlari orasida tibbiy niqob taqmasdan ishlayotganlari ham bor, tibbiy qoʻlqop bilan taʼminlangan boʻlsa-da, koʻpchiligi uni kiymasdan ishlashmoqda.
Fizioterapiya boʻlimida tibbiyot xodimlarining qoʻl yuvishi uchun sharoit yaratilgan, suyuq sovun qoʻyilgan. Biroq antiseptik vositalar, bir marta foydalaniladigan qogʻoz salfetka bilan taʼminlanmagan. Bu boʻyicha shaxsiy karantin qoidalariga amal qilmagan ayrim tibbiyot xodimlari maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Yakka tadbirkor Matmurodov Shuhratga qarashli oziq-ovqat doʻkoni, M.Shodmonovga tegishli oziq-ovqat doʻkoniga dezinfektsiyalangan toʻshama qoʻyilmaganligi, antiseptik vositalar bilan taʼminlanmaganligi, teplovizor yoʻqligi, mijozlar bilan ijtimoiy masofa saqlash yoʻlga qoʻyilmaganligi sababli bu boʻyicha masʼul shaxslar ogohlantirildi.
Koʻptarmoqli markaziy poliklinikaga kirish joyida ham dezinfektsiyalangan toʻshama yoʻq, kelgan bemorlar qoʻllarini zararsizlantirishi uchun antiseptik vositalar bilan taʼminlanmagan, roʻyxatga olish xonasi xodimi esa tibbiy niqobsiz, qoʻlqopsiz ishlayotgani aniqlanib, tegishli choralar koʻrildi.
Karantin qoidalariga amal qilinishi boʻyicha oʻtkazilgan reyd davomida Buyuk Turon koʻchasi boʻylab nazorat olib borilganida ham karantin qoidalariga amal qilmay yurgan fuqarolar aniqlanib, maʼmuriy javobgarlikka tortildi.
Karantin – pandemiyaning oldini olishda eng yaxshi vosita. Shu sababli har birimiz belgilangan tartib-qoidalarga amal qilsak, kasallik tarqalishining oldi olinishga erishamiz.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶