FAOL DEPUTAT EL XIZMATIDA
Yurtimizda bugungi sinovli kunlarda, birovning ogʻirini yengil qilaman degan insonlar kundan kunga koʻpayayotgani kishini xursand qiladi. Azal azaldan aholining kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularga ham moddiy, ham maʼnaviy koʻmak berish xalqimizga xos boʻlgan xususiyatlardan. Ota-bobolarimiz, yetim-yesirlarning, kambagʻal va bechoralarning, nogiron va xastalarning, yoshi ulugʻ kimsalarning boshini silab, ularning ogʻirini yengil qilib, qoʻldan kelganicha saxovat koʻrsatishgan. Bu anʼana asrlar osha bagʻrikeng, olijanob xalqimizning urf-odatiga aylanib ketgan, desak aslo yanglishmaymiz.
Pandemiya xavfi butun dunyoni tashvishga solayotgan, xalq boshiga ish tushgan ogʻir kunlarda savobli ishga qoʻl urib, xalqning mushkulini oson qilayotgan yurtdoshlarimiz safi tobora ortmoqda.
Ayniqsa, xalq vakillari boʻlgan deputatlar bunday xayrli ishlarga oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshib, yurtdoshlarimizning duolarini olishmoqda. Tumandagi 22-Jumurtov saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati boʻlib saylangan Bahrom Shermanov ham ana shunday faol deputatlardan biri.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatiga oʻz ulushini qoʻshish, shuningdek, nogiron, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalarning holidan xabar olish, ularga yordam koʻrsatish, muammolarini oʻrganish orqali ularni ijobiy hal qilish borasida deputat Bahrom Shermonov samarali ishlarni amalga oshirmoqda.
“Adolat” sotsial demokratik partiyasi vakili, faol deputat Bahrom Shermanov xalq manfaati yoʻlida koʻzga koʻrinarli ishlar qilmoqda. Deputat shu kunga qadar oʻzi saylangan hududdagi koʻplab ishlarda tashabbuskorlik koʻrsatib, Jumurtov shaharchasida fuqarolar yigʻini binosi oldiga ekish uchun turli xil daraxt va gul koʻchatlarini olib berib, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlariga bosh-qosh boʻldi.
Shuningdek, Bahrom Shermanov hududdagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni doimiy ravishda qoʻllab-quvvatlab kelmoqda. Ayniqsa, hozirgi sinovli kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam qoʻlini choʻzib, insonlarning ogʻirini yengil qilmoqda. Xususan, Bahrom Shermanov bayramlar arafasida shaharchadagi keksa, yoshi ulugʻ insonlar holidan xabar olib, ularga turli xil bayram sovgʻalari ulashdi. Shuningdek, hududdagi kam taʼminlangan oilalarda yashovchi fuqarolarning bandligini taʼminlashda koʻmaklashib, ularning ishga joylashishlariga amaliy yordam koʻrsatdi. Qolaversa, shaharchadagi oʻziga biriktirilgan kam taʼminlangan oilalardan biriga bir bosh qoʻy berdi.
Bahrom Shermanov karantin davrida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatib, miskin insonlarning mushkulini oson qilmoqda. Xususan, deputat shaharchadagi 10 ta ehtiyojmand oilalarning har biriga 70 ming soʻmdan, jami 700 ming soʻmlik, 5 ta kam taʼminlangan oilalarning har biriga 150 ming soʻmdan jami 750 ming soʻmlik 5 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi, ularning duosini oldi.
Yurtdoshlarimiz orasida shunday saxovatpesha insonlarning koʻpligi kishini quvontiradi. Zero, saxovat, himmat insonga faqat yaxshiliklar va savob olib keladigan amallardan biridir.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶