Saxovatpesha insonlar koʻp
Azaldan mexr-muruvvatlilik bagʻri keng xalqimizga xos fazilat. Pandemiya sababli joriy etilgan karantin vaziyatida ham bizning buyuk xalqimiz oʻz qadriyatlariga sodiq qoldi. Ayniqsa, shu kunlarda “Saxovat va koʻmak” loyihasi doirasida tadbirkorlarimiz tomonidan ehtiyojmand oilalarga koʻmak berilib, koʻplab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Savob umidida saxovatli insonlar kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan, yordamga muhtoj oilalar holidan xabar olishmoqda va kundalik isteʼmol uchun zarur boʻlgan mahsulotlar bilan taminlashmoqda. Bu kabi hamyurtlarimiz qatorida Ekologiya partiyasi aʼzosi, tuman Kengashi deputati Hamro Xoʻjayevni ham alohida tilga olgimiz keladi.

Ayni qiyin sharoitda deputat oʻz vazifasini sidqidildan ado yetib, elning ogʻirini yengil qilmoqda. “Oʻrta qala”, “Bogʻ”, “Faravon”, “Yangiobod” mahallasi hududi aholisi oʻzlari ishonib saylagan deputatdan mamnun. Hamro Xoʻjayev bu mahallalarda yashovchi 33 oilaga shu kunga qadar 14 mln. soʻmga yaqin mablagʻ sarflab, yordam koʻrsatdi.
Mamlakatimizda Hamro Xoʻjayev kabi saxovatpesha insonlar koʻp. Ularning begʻaraz yordami tufayli muhtojlarning tashvishi kamayib, ertangi kunga umidi ortmoqda.
Zebo Rajabova, Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻini raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶