TAKPOPIY EKINLAP – XALQIMIZ DASTUPXONI TÖKIN BÖLIŞIGA XIZMAT QILADI
Dehqonçilikda tuproq unumdorligini saqlaş va oşiriş uçun keng qöllanilib kelinayotgan ğöza-ğalla qisqa navbatli almaşlab ekiş tizimidan taşqari, tuproqda köproq miqdorda organik qoldiq qoldiradigan hamda unumdorligini yaxşi tiklaydigan ekin turlarini ham ekiş, qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştiriş miqdorini oşiriş lozimligini davr taqozo etmoqda.
Tabiiyki, har bir fermer xöjaligi, tomorqa yer egasi ekinining hosili sifatli va salmoqli bölişini xohlaydi, ekin maydonlaridan samarali foydalanişga, köp daromad olişga intiladi. Şu maqsadda keyingi yillarda ğöza maydonlari faqat ğalla bilangina emas kuzgi kartoşka, sabzi, karam, moş, şoli, piyoz dukkakli don va boşqada sabzavotlar bilan almaşlab ekilmoqda. Bu usul tuproq unumdorligiga sezilarli taʼsir körsatişiga köpçilik öz faoliyatlarida işonç hosil qilmoqda. Qolaversa, ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar ekiş va közlanganiday hosil oliş – yurtdoşlarimiz dasturxoni tökin, turmuşi farovon bölişiga xizmat qiladi.
Ayni kunlarda tumanimiz fermer xöjaliklarida 2020-yil hosili uçun ekilgan buğdoylar donini yiğiştirib oliş, ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlar ekiş uçun tayyorgarlik boşlanib ketdi.
Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş va tanqisligining oldini olişga, xalqimiz dasturxoni xilma-xil qişloq xöjalik mahsulotlari bilan tökin bölişiga hissa qöşiş maqsadida tumanimizda ham ğalladan böşagan maydonlarga takroriy ekinlarni joylaştiriş va möl hosil yetiştiriş böyiça rejalar belgilab olindi. Şunga köra, ğalladan böşagan maydonlarning 1803 gektariga takroriy ekinlar ekiladi. Şuning 258 gektariga sabzavot, 35 gektariga kartoşka, 400 gektariga moş, 70 gektariga moyli ekinlar, 140 gektariga çorva uçun ozuqa ekinlari ekiladi. Takroriy ekinlarni ekişga 11 tonna sabzavot, 105 tonna kartoşka, 14 tonna moş, 180 tonna şoli, 1 tonna moyli ekinlar, 4 tonna ozuqa ekinlari uruğlari tayyorlab qöyildi.
Takroriy ekinlardan jami 11 983 tonna hosil oliş rejalaştirilgan.
Ayni kunlarda ğalladan böşagan dalalarda takroiy ekin ekişga tayyorlaş uçun suğoriş, tekislaş işlari davom etayapti.
Yurtimizda qariyb uç oydan ziyod vaqtdan beri davom etayotgan koronavirus pandemiyasi davrida ehtiyojmand oilalarni moddiy qöllab-quvvatlaş, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaş, mavjud resurslardan aholi farovonligini oşirişda oqilona foydalaniş maqsadida qabul qilgan tuman hokimining 2020-yil 1-iyun kungi qaroriga asosan tumanda har bir sektor hududida fermer xöjaliklarining ğalladan böşaydigan maydonlaridan kam taʼminlangan, işsiz, ekin ekişga imkoniyati bor oilalarning har biriga kamida 20 sotixdan yer maydoni ajratib berilmoqda. Aniqroq aytadigan bölsak, 1-sektor hududidan 10 ta kam taʼminlangan oilaga, 2 sektor hududidan 20 ta, 3 sektor hududidan 9 ta, 4 sektor hududidan 6 ta kam taʼminlangan, ekin ekişga imkoniyati bor oilalarga 20 sotixdan yer maydonlari ajratib berildi.
Bundan közlangan vazifa uşbu ajratilgan maydonlarda möl hosil yetiştirilişiga erişiş yerdan unumli foydalanilişi evaziga ehtiyojmand oilalarning iqtisodi yuksalişini taʼminlaşdir.
Ilhom POLVONOV,
tuman Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶