BARÇAGA ÖRNAK PILLAKOR OPA
Tumanimizda ipak qurti boqiş hadisini olgan oilalar, mohir pillakorlar köp. Ular uy şaroitida bir quti ipak qurtidan 70 kg.dan oşirib, sifatli hosil yetiştirişmoqda. Ana şunday kasanaçi pillakorlarimizdan bir bölgan Boğ mahallasida yaşovçi Öringul opa Begimovaning mehnatkaşligini alohida tilga oliş joiz. Opa asli Xöjayli tumanida tuğilib-ösib, 1985-yilda tumanimizga kelin bölib kelgan. Öringul opaning qaynonasi Tursunoy momo Qudanova xonadonda 1950-yillardan buyon mavsumiy ipak qurti boqib, parvariş qilardi.
Har işga çaqqon Öringul opa ham darhol işga kirişib, ipak qurti parvarişlaşni Tursunoy momodan örgandi va har yili birgalikda mehnat qilib, möl hosil yetiştirişdi. Mustaqil pillakor sifatida esa 1990-yildan ipak qurti parvarişi bilan şuğullandi va doim ilğorlar safida keldi.
Öringul opa bu yilgi mavsumda bir quti ipak qurti parvarişlab, şartnomada belgilangan 55 kg. rejani ortiği bilan bajarib, 76 kg. mahsulot topşirdi.
- Ipak qurti boqiş oilamiz uçun juda maroqli, - deydi ilğor pillakor. - Har yili bu mavsumni orziqib kutamiz. Albatta, iş bor joyda qiyinçiliklar böladi. Ammo ipak qurtini parvarişlaş kişiga özgaça huzur bağişlaydi. Ayniqsa, hosil yetilganidan keyin pilla terişni hammamiz birgalikda bajaramiz va bu biz uçun juda zavqli.
Öringul opa ipak qurti 4 yoşga tölguniga qadar uyida, katta xonasida parvarişlaydi. Bu davr ança maşaqqatli hisoblanadi. Çunki ipak qurti ulğayganidan söng, yegulik yetkazib beriş köproq mehnat talab qiladi. Şundan keyin mehnatning mahsuli körinib, hosil yetiladi. Bu paytda oilaning barça aʼzolari bel boğlab, işga tuşadi va yiğim-terim boşlanadi.
Pilladan bu yil ham möl hosil töplaşga erişgan Öringul opani barçaga örnak qilib körsatsa arziydi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶