28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 454

ILGʻOR TERIMChILAR RAGʻBATLANTIRILMOQDA

ILGʻOR TERIMChILAR RAGʻBATLANTIRILMOQDA

Yurtimizda joriy yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumi ham qizgʻin tarzda davom etmoqda. Paxta yigʻim-terimida fermerlarga yaqindan koʻmaklashayotgan terimchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, ularni ragʻbatlantirib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Paxta dalalarida “oq oltin”ni terishda eng yuqori koʻrsatkichga erishgan ilgʻor terimchilar aniqlanib, tegishli mutasaddilar, fermer xoʻjaliklari tomonidan munosib ragʻbatlantirilib, qimmatbaho sovgʻalar topshirilmoqda.

Tumanimizda ham paxta yigʻim-terimida faol ishtirok etayotgan terimchilarni ragʻbatlantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga masʼullar tomonidan terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, terim haqlarining toʻlanishi, majburiy mehnatga jalb etmaslik kabilar holati oʻrganilib, tegishli choralar koʻrilmoqda.

Har yili paxta-terim mavsumida boʻlgani kabi bu yil ham tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi boshchiligidagi boʻlim shaxsiy tarkibi hamda joriy yilgi safarbarlik rezervi xizmatiga olingan fuqarolar tumandagi fermer xoʻjaliklarida paxta yigʻim-terimiga koʻmak berishmoqda. Dalalarda terimchilar bilan birgalikda terim surʼatini oshirib, “oq oltin” xirmonining yuksalishiga oʻz hissalarini qoʻshishmoqda.

Tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi Azizbek Januzakov ham Begzod Kamolov rahbarligidagi “Jayhun-Choykoʻl” fermer xoʻjaligi paxta dalalarida mehnat qilayotgan terimchilar bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi. Boʻlim boshligʻi terimchilar bilan yurtimizdagi paxta yigʻim-terimi jarayoni, terimchilarga paxta dalasida yaratilgan shart-sharoitlar, ularga terim pullarining oʻz vaqtida berilayotgani, muammo va kamchiliklar xususida suhbatlashdi. Shundan soʻng, uyushmagan aholi orasidan terim jarayonlarida faol ishtirok etib, boshqalarga namuna koʻrsatayotgan 6 nafar terimchilarga turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat sovgʻalar ulashildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, mamlakatimizda bu yilgi paxta yigʻim-terimiga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada Vazirlar Mahkamasining «2020-yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Qaror bilan qoʻlda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun birinchi terimda - 1 000 soʻmdan, ikkinchi terimda - 1 400 soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlanishi belgilab berildi.

Shuningdek, ushbu hujjatga koʻra paxta terish mashinalari bilan terib olingan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 920 000 soʻmdan kam boʻlmagan xizmat haqi toʻlash belgilanib, paxta xomashyosi uchun mehnat va xizmat haqi har besh kunda, zarurat boʻlganda, har kuni toʻlash tavsiya etildi.

Qolaversa, hukumat qarorida koʻrsatilganidek, ishsiz hamda vaqtinchalik band boʻlmagan aholidan iborat terim otryadlari rahbarlari bilan mavsumiy ishga qabul qilish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar tuzilib, terim otryadlari rahbarlariga paxta xomashyosi yigʻim-terimi yakuniga qadar 2 million soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda mehnat haqi toʻlanadi. Ushbu xarajatlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Terimchilarga ish haqlarini oʻz vaqtida berish, ularni qoʻshimcha ragʻbatlantirish mehnat surʼati oshishini taʼminlaydi. Sovgʻalarga ega boʻlgan terimchilar ham oʻzlariga koʻrsatilgan  eʼtibordan juda xursand boʻldilar hamda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻiga minnatdorchilik bildirdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026