Jayxun ilhomlari
Gina
(hazil)
Bolalikda biroz qobil, şöx edim,
Urişsam, akam bor – köngil töq edim,
Biroq erka,tantiq safda yöq edim -
Onam menga aylanayin demabdi ...
Kelsam loyga botib,yoqam yirtilib,
Qarğamabdi qaro yerga bir qilib,
Faqat boşqalarday ming bir örgilib,
Onam menga aylanayin demabdi...
Olib oyoğimga kirgan tikonni,
Qaymoqqa ivitib berardi nonni,
Singillarim fido qilar-u jonni,
Onam menga aylanayin demabdi...
“Tengqurlaring çaqib kelma, tayoq yeb,
Yiğlamaydi yigit degan, bolam”, deb,
Bola orasiga tuşmak körmay ep,
Onam menga aylanayin demabdi...
“Qattiq qoğoz” oldi! – maqtanar otam,
Qöşnilarga jöşar misoli Hotam,
Jilmayib, termulib boqib tursa ham,
Onam menga aylanayin demabdi...
Debdi kelinlarga: ”Çalpak qil şirin,
Tomboşda qovundan zörin tuşiring,
Bolam bugun uyda – gömma pişiring!”
Onam menga aylanayin demabdi...
Boşimga iş tuşsa, sinib, munğaydi,
Tepamda şomlarni tongga ulaydi:
“Qöy, erkak yiğlasa, osmon qulaydi!”
Öşanda ham aylanayin demabdi...
Baʼzan aytib qolar, emişman “aʼlo!”
Bilgan yo Hadisning mazmunin illo:
“Ollohga yaqinroq botiniy duo”.
Onam menga aylanayin demabdi...
Oqtiq, çovliq şovqin solar beboş-da,
Tilda şukur, duo, köpçik – yonboşda,
Töqsonga kirdilar, men yetmiş yoşda,
Hamon menga aylanayin demaydi...
T.Abdullayev.
Öquvçilarimga
Birinçi qönğiroq birinçi sinf,
Jajji bolajonlar közlari ötli.
Birisi şöx – şaddod, birisi öyçan,
Sizni soğinaman bolajonlarim.
Har biri bir dunyo, bir olam erur,
Orzu-umidlari dunyolarga teng.
“Bola” deb qaramang aslo, döstginam,
Suhbatin olsangiz kattalarga teng.
Savollar beradi, javobin olib,
Közlari porlaşin körsangiz edi.
Salgina maqtovdan dillari yonib,
Quvonçdan çehrasi ketar yorişib.
Mana tört yil ötib ketdi bir zumda,
Quvonçli taşvişlar ila quvlaşib.
Oxirgi qönğiroq jaranglar tinmay,
Xayr, jajji döstlar – bolajonlarim...
Gözalxon SAPARBOYeVA,
13-sonli maktab öqituvçisi.
Ustozlar
Hurmatim çeksizdir siz ustozlarga,
Oq-qorani tanitgan qalbi ummonlarga.
Sabringiz öylasam öylarim yetmas,
Aqlingiz maqtasam sözlarim bitmas.
Maqsadi uşalsin oppoq qalblarning,
Quvonçga burkansin şahlo közlaring.
Qalbiga tuygandi şirin xayollar,
Jonini bergandi öşa ustozlar.
Hayotda yöl topsin deb yelib-yugurgan,
Şogirdin Vatanga mehrli qilgan.
Dunyoni yoritgan misli oftoblarga,
Hurmatim çeksizdir, siz ustozlarga.
Surayyo Örozimbetova, Ajiniyoz nomidagi NDPI 4-bosqiç talabasi.
Ustozlarga
Bilim oliş kelajakka ustundir,
Bilimli xalq istiqboli oydindir.
Ustozlarim, doim omon bölingiz,
Mehringizdan olam bağri butundir.
Biz maktabni jonday aziz bilamiz,
Aʼlo öqib, bağrida şod kulamiz.
Ustozlar sizlarga qilamiz taʼzim,
Biz ulğayib, yurtga xizmat qilamiz.
Tursunoy JIYaNBOYeVA,
27-sonli maktab öquvçisi.
Iftixor
Atrof gözal juda ham,
Xalqimiz yaşar xurram.
Quvonçga töla har dam,
Şunday yurtda yaşayman!
Sarhadlari mustahkam,
Dillarda yöq aslo ğam.
Heç kimdan emasmiz kam –
Şunday yurtda yaşayman.
Özbekiston – Vatanim.
Erkin qadam taşlayman.
Senga fido jon tanim,
Faqat sen-çun yaşayman!
Rayhon Tojiboyeva, 50-sonli maktab öquvçisi.
MAJNUNTOL
Ariqçamning çetida,
Maʼyus turar majnuntol.
Suv içadi şoxlari,
Silab ariq boşini.
Ariq jöşib oqadi,
Unga maʼyus boqadi.
Sira oçmas yuzini,
Körsatmaydi közini.
Boşin kökka çözmaydi,
Taʼzim kanda qilmaydi.
Majnuntolim, Majnuntol,
Turişlaring maʼyus hol.
Kumuşoy YÖLDOŞEVA, 46-sonli maktab öquvçisi.
USTOZLAR OMON BÖLSIN!
Yoşi yetmişdan oşdi,
Hali ham öqiyapti.
Kitobning ahamiyatin,
Juda köp sözlayapti.
Sözlar durdir, söz-sehr,
Qudratlidir uqqanga.
Yaxşi gap jon oziği,
Deydi bizni körganda.
Töğri yöldan yurganlar,
Yetgaylar murodiga.
Afsus-nadomat bilmas,
Uşbu qisqa hayotda.
Ustoz sözi aʼlodir,
Ögiti dilimizda.
Yaxşilik zör ibratdir,
Yaşaydi qalbimizda.
Z.AHMEDOVA.
USTOZ
Yetaklaydi tutsang qölidan,
Örgatadi yursang yölidan.
Kam körmaydi qiz-u öğlidan,
Bu buyuk zot ustozdir, ustoz!
Uçqun bölsang alanga qilar,
Hayotingni gullarga burkar.
Aqling çarxlar va dono qilar,
Bu buyuk zot ustozdir, ustoz!
Otadayin berar tarbiya,
Yuragingda uyğotar ğoya.
Örgatadi şeʼr-u madhiya,
Bu buyuk zot ustozdir, ustoz!
Şokir HAYIT,
12-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶