TABIATGA DOʻSTONA MUNOSABATDA BOʻLISh – ShIFOBAXSh MIKROIQLIMNI YaRATISh IMKONINI BERADI
MIKROIQLIMNI YaRATISh IMKONINI BERADI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqlimi quruq hududda joylashgan, uning hududida atmosferaga yirik tabiiy ayerozol emissiyasi manbalari boʻlmish tez-tez changli toʻfonlar koʻp boʻladigan Qoraqum va Qizilqum kabi hamda Orol dengizining qurigan qismi hisoblangan Orolqum mavjuddir.
Mintaqamizda baʼzi ekologik xavfli ishlab chiqarishlarning mavjudligi hamda oʻziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitlar atmosferaning yer usti qatlami troposferasini ifloslantiruvchi moddalar toʻplanishiga sabab boʻladi.
Xususan, yirik sanoat korxonalaridan biri Qoʻngʻirot soda zavodida rangli metallurgiya, shisha, qogʻoz va tsellyuloza, yuvish vositalari hamda yengil sanoatda keng qoʻllaniladigan qaltsiylashtirilgan soda ishlab chiqarilishi bilan birga atmosfera havosiga zararli kimyoviy moddalar ham chiqarilmoqda. Atmosfera havosiga chiqariladigan ifloslovchi moddalarning umumiy miqdori yiliga 3 341 tonnani tashkil qiladi. Qoʻngʻirot soda zavodining hududida 100 ga yaqin ifloslovchi moddalar turi mavjudligi aniqlangan.
Umuman olganda, atmosfera havosining ifloslanishi global ekologik muammolardan biri sifatida olib qaraladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi atmosfera havosi talab darajasiga toʻgʻri kelmasligiga faqat hozirda ekologik talablarga javob bermaydigan bir nechta yirik zavod yoki fabrikalar sababchi boʻla olmaydi. Masalan, atrof-muhitga zararli, yaʼni ekologik talablarga javob bermaydigan transport vositalari ham atmosfera havosi ifloslanishiga sababchi hisoblanadi.
Biz – ongli insonlar birgalikda oʻz yashash joyimizning ekologik holatini yaxshilashimiz mumkin. Yaʼni, biz tabiatga doʻstona munosabatda boʻlib, suv, tuproq va atmosfera havosiga zarar yetkazmaslikni odatdagi ish tarzimiz bilan mutanosiblikda olib borish va toza kislorod manbai boʻlmish yashil hududlarni koʻpaytirish orqali shifobaxsh xususiyatga ega miroiqlimni shakllantirishga erishamiz.
Nilufar RAJABOVA, QDU magistranti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶