HAYDOVChINING LOQAYDLIGI – KOʻNGILSIZLIKKA SABAB BOʻLDI
Yoʻl – tasodiflarga toʻla. Shunday deymiz-u, insonning harakat faoliyati uchun xavf tugʻdiruvchi yoʻldagi tasodifiy hodisalarning sababkorlari ham insonlarning oʻzlaridir. Biri oʻzi boshqarayotgan avtomobilning nosozligi, yana biri yoʻl harakati qoidalariga eʼtiborsizligi tufayli ana shunday tasodifiy holatlar, koʻpincha fojiali halokatlarga sababchi boʻlishadi.
Yaqinda Beruniy tumani mahallalaridan birida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi ham haydovchining yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida tasodifan sodir boʻldi. Neksiya rusumli avtomobilni boshqarib borayotgan F.S aholi gavjum joylarda transport vositasi tezligini belgilangan meʼyordan oshirib, yoʻl-transport hodisasini sodir etgan. Natijada bir emas, ikki emas, besh nafar yoʻlovchiga shikast yetkazgan. Shundan ikki nafarining sogʻligiga xavf tugʻdiruvchi ogʻir tan jarohati olishiga sababchi boʻlgan. Ikki nafar yoʻlovchi yengil tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilarning 3 nafari voyaga yetmaganlardir. Ushbu jinoyat ishi Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi tomonidan Beruniy tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida ish boʻyicha gumon qilinuvchi F.S hamda jabrlanuvchilar va ularning qonuniy vakili ishtirokida koʻrib chiqildi. Tomonlarning oʻzaro yarashganligi tumayli Jinoyat protsessual Kodeksining tegishli moddalariga koʻra ayblilik masalasi hal qilinmasdan harakatdan tugatildi.
Qonunlarimiz adolatli, sudlarda esa oshkoralik va shaffoflik tamoyiliga amal qilinadi. Lekin avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs, albatta, inson hayoti uchun xavf tugʻdiruvchi har qanday tasodifiy holat – avtotransport hodisasi sodir boʻlishining oldini olishi, yoʻl belgilariga qatʼiy amal qilishi shart.
S.DAVLETMURODOV, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶