KONSTITUTsIYaMIZ – BARÇAMIZ UÇUN ASOSIY MEZON
“Konstitutsiya” sözi turli davrlarda, turli maʼnolarda qöllanilgan bölsa-da, bugungi kunda u oliy yuridik kuçga ega bölgan, amaldagi qonun va meʼyoriy hujjatlar poydevorini taşkil etadigan, özgartiriş va qöşimçalar kiritiş qatʼiy nazorat qilinadigan Asosiy Qonunni anglatadi.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida yurtdoşlarimizning kelajak avlodlarga ozod va obod Vatan qoldiriş, ularning baxt-u kamolini körişdek orzu-havaslari öz ifodasini topganligi bilan birga, davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, unda jamiki dunyoviy neʼmatlar orasida eng uluği – Inson degan fikr ilgari surilgan. Şu asosda fuqaro – jamiyat – davlat örtasidagi özaro munosabatning oqilona huquqiy yeçimi belgilab berilgan. Asosiy Qonunimizda davlatimizning, jamiyatimizning va har bir fuqaroning huquq va burçlari bir-biriga uyğunlaştirilgan va muvofiqlaştirilgan.
Umuman, Konstitutsiyamizda köp yillik milliy davlatçiligimiz anʼanalari inobatga olinişi bilan birga, jahon konstitutsiyalarining tajribalaridan ham keng foydalanilgan. Şu yöl bilan uning eng insonparvar, demokratik va adolatli Qomuslardan biri bölişiga erişilgan. Yillar ötgan sayin Konstitutsiyamizning hayotimiz, taraqqiyotimiz uçun ahamiyati qançalik katta va tanlagan yölimiz nihoyatda töğri ekanligiga qayta-qayta işonç hosil qilaveramiz.
Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi eng muhim sanalardan biri – Konstitutsiya qabul qilinganligining 28 yilligi arafasida şuni alohida eʼtirof etiş lozimki, Konstitutsiyamiz vaqt ötgan sari öz nufuzini, xalqaro miqyosdagi obrö-eʼtiborini mustahkamlab bormoqda. Bizning maqsadimiz esa uning jamiyatdagi nufuzi va ahamiyatini, mazmun va mohiyatini fuqarolarning, ayniqsa, yoş avlodning ong-idrokiga çuqurroq singdirişdir.
Bir söz bilan aytganda, Konstitutsiyamiz barçamiz uçun asosiy mezon bölişi, uning qoidalari hayotimizning asosiy qoidalari va maqsadlariga aylanişi darkor.
Zamira Otajonova, 36-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶