UÇ KÖNGILNING UÇ NAZMIY ÇAŞMASI
ALIŞER – ONA YuRT KUYÇISI
Vatan. Uni tilga olişimiz bilan qalbimiz nurlanadi. Köz oldimizda eng avvalo bizni har lahzada issiq bağriga olib, çeksiz mehr-muhabbat bilan siylaguvçi oilamiz göşasi, möʼjazgina hovli-boğimiz gavdalanadi. Bolalik şöxliklarimiz, şirin orzularimizni yörgaklagan, har bitta qadamimizga yelka tutgan jonajon mahalla, onamizday aziz, kindik qonimiz tomgan tuproq, şarqiroq soylar, ilm maskani – maktab sari eltuvçi urpongli yöllar közimizga ötday bosiladi. Juda qadrdon, surati yuraklarimizga çizilgan Vatan manzaralari bu!
Men Alişer Ahmedovning “Taraqqiyot közgusi gazetasi” naşriyotida çop etilgan “Yurtim timsoli” deb nomlangan şeʼrlar töplami bilan tanişarkanman, bolalikning olis, nihoyatda yoqimli, özim uçun juda aziz, otajonim, onajonim bağrida keçirgan beğubor onlarimga qaytganday, butun böy-basti, borliği bilan yuragimda suvrati qolgan ota makonim taftini his etganday böldim. Uning “Yurtim timsoli”, “Qişloğim”, “Aziz karvonim” şeʼrlaridagi sohir satrlarga ergaşib, xayolan ona yurt kengliklari aro sayr qildim.
Yaxşi şeʼr şunçaki öqilmaydi, inson şuuridagi mudroq tuyğularga jon bağişlab, yurakda çizilgan manzaralarni tasavvur olamingizga olib kiradi. Alişer Ahmedovning Vatan haqidagi şeʼrlari ana şunday ruh bağişlaydi şeʼrxonga. “Baland oqtollarda sollangan” halinçaklar şamoli, “dala yöllarida çopqillab borayotgan” bolalik tuğyonlari, “bağri issiq oila quçoğidagi gaştli lahzalar”ga hamroh bölib, katta hayot karvoniga qöşilib, oldinga intilasiz şeʼriy ohanglar mavjida.
Har qariç yeridan dur unguvçi, közlarga tötiyo ona Yurt tuproğining qudrati şoirning yuragiga mehr, jismiga kuç bağişlaydi. Şeʼrdan şeʼrga köçadi bu mehr va bu kuç, ajib uyğunlikda qalblarga ğurur bağişlaydi.
Alişerning şeʼrlarini befarq öqiş mumkin emas. Uning odamiylik fazilatlari, ezgulik va yaxşilikka undovçi satrlari, ayniqsa, “Fikrat”, “Şajara”, “Oliy rutba”, “Gözallik”, “Kulfat domi” kabi şeʼrlari va törtliklari kişini öy-laşga, fikrlaşga undaydi, şeʼrxonga maʼnaviy oziq beradi.
* * *
“SATRLAR IFORI”GA ÇULĞANGAN KÖNGIL
Şoir-u şoiralar davralarida bir gap tez-tez aylanadi: “Şoirlarning köngli Allohga yaqin böladi, şu bois, özgalarning könglini ham öqiy oladilar”, – deyişadi. Balki rostdir? Şuning uçun ham nazmda qalam tebratuvçi ijod ahli doimo öz dardi qolib, özgalar dardiga malham bölgulik satrlar bitişadi. Şuning uçun ham yozganlari kimningdir köngil mulkiga aylansa, kimdir uni qöşiq qilib kuylaydi.
Tumanimizning Örta qalʼa ovulida istiqomat qiluvçi şoira opamiz Gulnora Yusupova ham, taʼbir joiz bölsa, özgalar könglidan keçayotgan tuyğularni nafaqat anglaydi, balki bu tuyğular içida yaşab, gözal satrlar ila ziynatlaydi va eldoşlariga taqdim etişdan özini hamişa baxtiyor hisoblaydi.
Gulnora Yusupova amudaryolik şeʼriyat ixlosmandlari uçun begona emas. Uning ilk kitobi “Hayot sinovlari” 2016-yilda, “Satrlarga tökilgan köngil” töplami esa 2019-yilda naşrdan çiqqan va allaqaçon muxlislari eʼtiborini qozongan. Sermahsul, tinib-tinçimas şoira opamizning uçinçi kitobi – “Satrlar ifori” 2020-yilda “Donişmand ziyosi” naşriyotida çop etilib, ommaga havola etildi.
“Satrlar ifori”da jamlangan satrlarni öqir ekansiz, haqiqatdan ham ajib, yoqimli navolar jarangiga oşno bölib, şeʼrdan şeʼrga ötganingiz sari, goh öynoqi, goh mahzun, gohida öyçan misralar orqali öz könglingiz siyratini topganday bölasiz. Har bir misraning öziga xos jozibasi, betakror mavji, xuşböy ifori, albatta, sizni öziga rom etadi.
Biz çin dildan samimiy va sermahsul şoira opamizni yana bir gözal şeʼriy guldastasi – “Satrlar ifori”da jamlangan dil mulki – yangi töplami bilan çin dildan muborakbod etamiz.
* * *
Şaxzodaning “Orzular karvoni”
Şahzoda Jölliboyeva Nazarxon qişloğidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining aʼloçi, jamoatçi öquvçisi. Qoraqalpoq tili va adabiyotining şaydosi. U 2018-2019 öquv yilida Bilimlar bellaşuvining qoraqalpoq tili va adabiyoti yönalişi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasining mutlaq ğolibi. U Qoraqalpoq xalq oğzaki ijodi namunalarini mustaqil tadqiq etiş bilan birga, bu bebaho maʼnaviy merosdan bahra oladi. Biri-biridan jozibali va öynoqi, insonni mantiqiy fikrlaşga undovçi şeʼrlar, hikoyalar yozadi. Yaqinda, “Taraqqiyot közgusi gazetasi” naşriyotida çop etilgan “Orzular karvoni” kitobidan joy olgan “Oila” deb nomlangan şeʼriga bir eʼtibor bering-a:
U gözal Vatandir, tabarruk maskan,
Bağrin oçib bizni kutaveradi.
Quçoğiga bizlar – ota-yu onam,
Hatto uç-tört avlod siğaveradi.
Şahzodaxonning qalbida çuqur ildiz otib ulgurgan oilaga mehr-muhabbat tuyğusidan har kim ham ibrat olsa arziydi.
Kenglikda osmondan kengdir oilam,
Men faqat sen bilan inson bölaman!
Uning fikrlari öz tengdoşlari uçun emas, balki oila qadrini unçalik yaxşi anglamaydigan loqayd kattalar, arzimas sabablar bilan ajraşib ketayotgan baʼzi yoşlar uçun tarbiya ham.
Şahzoda Jölliboyeva ijodida yumorga moyillik kuçli. Buni “Sigir va eşak” masalida, “Intizomsiz qizlar”, “Sinfda bölgan voqea”, “Fizika darsida” kabi şeʼrlarida yaqqol köriş mumkin. Ayniqsa, “Sigir va eşak” masalida ona Vatan qadr-qimmatiga yetmaslikning ayançli oqibatlari sigir va eşak – majoziy obrazlari orqali yumoristik talqin etilişi juda çiroyli söz öyinlari bilan oçib berilgan.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶