12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:35
Adabiyot 👁 5,049

ŞEʼR – KÖNGIL GAVHARI, RUHIYaT ÇAŞMASI

ŞEʼR –  KÖNGIL GAVHARI, RUHIYaT ÇAŞMASI

(Havaskorlarning ijodiga bir nazar)

Men har gal tahririyat ostonasidan umid bilan hatlab, ilk maqolasi, şeʼr yoki hikoyasini kötarib kelgan yoş ijodkorlar bilan suhbatlaşganimda ham-yurtimiz, taniqli şoir va tarjimon Muzaffar Ahmadning gazeta tahririyatini uçuvçilarning samolyotni parvozga tayyorlaş paytidagi uçiş-qöniş joyi – "parvoz maydonçsi”ga öxşatgani esimga tuşadi. Haqiqatan ham tumanimiz xalqining maʼnaviyat dorilfununi hisoblangan "Taraqqiyot közgusi” (avvalgi "Amudaryo haqiqati”) gazetasi köplab ijodkorlar uçun haqiqiy "parvoz maydonçasi” – öziga xos adabiy-badiiy ijod maktabi vazifasini ötab kelmoqda. Taʼbir joiz bölsa, uşbu "parvoz maydonçasi”da özlarini ijod osmoni uzra parvozga şaylagan şoir-u jurnalistlar bugungi kunda özlarining betakror ijod maktablarini yaratgan ilm-fan, badiiy ijod darğalari bölib yetişdilar. Filologiya fanlari doktorlari Norboy Xudoyberganov (Alloh rahmat qilsin), Pirmat Şermuhammedov (Alloh rahmat qilsin), (rahmatlik) Ahmad Işayev, pedagogika fanlari doktori Safo Matjon, tarix fanlari nomzodi Tursunboy Sultonov, şoir va tarjimon Muzaffar Ahmad, Mansur Ahmad (rahmatlik), şoir va jurnalist Sobir Yusufiy (rahmatlik), bir neçta badiiy asarlar muallifi (rahmatlik) Xuşnud Yoqubjonov, şoir va jurnalistlar Saʼdulla Xöjaniyozov, Gulnora Matyoqubova, Xonimjon Rajabova, Oygul Rajabova, Ahmad Nafasov, Örozali Reyimov, Zulfiya Olloyorova, Şomurod Xöjanov, Farhod Avaz (bu röyxatni juda uzoq davom ettiriş mumkin) kabi olim-u ijodkorlar nomi bugungi kunda nafaqat Qoraqalpoğistonda, balki mamlakatimiz miqyosida taniş. Tuman gazetasi tahririyatining "parvoz maydonçasi”dan ijod osmoni sari keng quloç yozib, parvoz qilgan va ijodda öz ovozi, uslubiga ega ajib bir maktab yaratgan bu ustozlar tahsilini olib, parvozga şaylanayotgan bugungi avlod ijodkorlari orasida ham öz uslubi va ovoziga ega yoşlar ançagina. Ölmasbek Xöjayev, Qunduzoy Yusupova, Yulduz Yusupova, Aziza Madrahimova, Javohir Yöldoşev, Şahzod Qurbonboyev, Nilufar Qodirboyeva, Muqaddas Toirova, Sevara Sidabullayeva, Muhayyo Örinboyeva, Nurbek Yöldoşev, Umida Yerdoşeva, Surayyo Davlatboyeva kabi ijodkorlarning ilk ijod mahsullariga tuman gazetasi maʼnaviy muharrirlik qilgan va bu yoş iqtidor sohib va sohibalarini parvozga şaylagan. Katta ijod osmoni sari dadil qanot yozayotgan bu ijodkorlar haqida gap ketganida beixtiyor ularning ijod yöli "Taraqqiyot közgusi” gazetasining "parvoz maydonçasi”dan boşlanganini faxr bilan aytgimiz keladi.

Ijod yöli – oğir, sermaşaqqat yöl. Bu yöldan har kim ham ravon qadam taşlayvermaydi. Uning önqir-çönqirlari, qir-u dovonlari, baland-baland toğlari bor. Önqir-çönqirida qoqilib-surinsa-da, qir-u dovonlardan, toğlardan oşib, çöqqilar tomon intilişdan töxtamagan, maşaqqatlar girdobida qiynalsa-da, ortga çekinmagan insongina ijod deb atalmiş mehnatning rohatiga yetişadi. Öz boğ-böstonini yaratib, mevalarini teradi va ona xalqiga armuğon etadi. Xalq – zakiy, xalq – bilimdon, xalq – öta maʼnaviyatli nuqtadon. Xalq – duç kelgan mevani totinavermaydi, tanlab-tanlab, eng yaxşisini, eng sarasini terib oladi u!

Demak, men şoirman, deganlarning barçasi ham zukko va maʼnaviyatli kitobxon xalqimizning elagidan ötavermaydi. Elakdan toza un tökiladi supraga. Kitobxon xalqimizning maʼnaviyat elagidan ham eng öqişli, xalqona ruhdagi şeʼr, hikoya, asarlar ötadi va dilidan joy oladi...

Iş stolim ustida dasta-dasta şeʼr, nasriy asarlar, hatto havaskor şoirlar özlariça tartib bergan "doston”lar. Qay birini avval öqişni bilolmay, ança vaqtimni saralaş bilan ötkazdim. "Doston”lar alohida, hikoya va qissalar, şeʼriy maşqlar alohida taxlandi. Mana endi yoş havaskor şoirlar-u şoiralar, (adib-u adibalar ijodi tahlilini keyingi galga qoldirdik R.Y)ijodiga bir nazar taşlaş payti keldi. Sabohat Yerdoşeva, Dildora Qurbonboyeva, Dildora Gulmonova, Tursunoy Olloyorova, Lolagul Rajabova, Sohiba Ahmadjonova, Dilnoza Sobirova, 2-sonli maktab öquvçisi Iroda Yöldoşeva, Amudaryo qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji öquvçisi Dildora Rajabova, 34-maktabdan Nodira Rahimova, Nargiza Ziyodboyeva, Maşhura Abdullayeva, Najmaddin Tajiyev, Nasiba Yembergenova, Gulnora Yeşimbetova, Madina Matyoqubova, Şahlo Oçilova singari havaskorlarning şeʼrlari (agar ularni şeʼr deb ataş joiz bölsa) bilan tanişarkanman, nazarimda havaskor ijodkorlarimiz ijod deb atalmiş olis va maşaqqatli yölning boşidayoq çarçab qolganday. Nega şunday-a? – deyman-u javobni yana özim topaman. "Şeʼr”, yana birining ustiga "doston” deb taxlab, tahririyatga yöllagan bu havaskorlarning yozgan "asar”larida men mehnat mahsulini körmadim. Vaholanki, ijod, haqiqiy ijod – mehnatni sevadi, mehnatkaşlikni yoqtiradi. Mehnat maşaqqatini his etgan odamgina ijod maşaqqatini yuragidan ötkazib, teran anglaydi va haqiqiy  ijod mahsulini dunyoga keltiradi. Garçi, ijodkor ijod maşaqqatini his eta bilmas ekan, uning özgalar dilini anglamoği muşkul, qalblarni tebratmoği duşvor. Yaxşi şeʼr, yaxşi asar inson qalbini zabt etib, şundoq köngil köşkidan joy olmoği kerak.

Balki men yoş havaskor ijodkorlarga juda katta talablar qöyayotgandirman. Lekin şunçaki oddiy sözlar tizmasini şeʼr deb ataşga ham maʼnaviy haqqim yöqligini hisobga olsak, adabiyotimizning sofligi, halolligi, adabiy jarayonning öta zukko tahlillari oldida har bir ijodkor, xoh u professional bölsin, xoh boşlovçi havaskor, albatta zimmasidagi masʼuliyatni, ayniqsa, söz yukini har lahzada his etib, qöliga qalam tutsa, yomon bölmas-di.

Men şoir emasman!!!

Faqat qalam uşlab.

Suzdim dunyo qaʼrida, (?)

Boşlar yoruğ jahonga (?)

Uşbu satrlar T.O. ismli şoira qizimizning bir dasta "şeʼr”laridan keltirildi. Men bu qizimizning ism-şarifini aytib, qizginaning nozikkina könglini xijil qiliş fikridan yiroqman. Faqat aytmoqçi bölganim, şoiralikni orzu qilgan qizimizga bu yöl maşaqqatini salgina idrok etgin-da, ana undan keyin "qalam uşlab”, özi aytmoqçi "dunyo qaʼrida” emas, dunyoning bepoyon, musaffo osmonida qanot yozişini istardim. Asli dunyo qaʼri nima? U zulmat emasmi? Şundayin tinç, osuda va obod yurtning qizi ne uçun "dunyo zulmatlari qaʼrida suzib” yurişi kerak? Qolaversa, qöliga "faqat qalam uşlab”, dunyoning qaʼridan turib, yoruğ jahonga yuz tutmoqçimi? Satrlarda mantiq, uzviylik, mazmun yöq.

"Şeʼr – ijtimoiy hodisa, - deb  taʼlim bergandilar bizga talabalik davrimizda ustozimiz, filologiya fanlari doktori O.Toğayev. – u inson könglining, orzularining keçinmalarining inʼikosidir”. Demak, qöliga qalam tutayotgan ijodkor nafaqat öz köngil keçinmalarini, balki umumning dilidagi orzu-armonlarni, ğam-u iztiroblarni söz durlari ila ziynatlab, satrlarga jo etmoği kerak. Ana şunda söz gavharga, sanʼatga aylanadi. Satrlar aro tizilgan söz marjoni yuraklarga xuş yoqadi, köngillarni tebratadi. Köngillarga örnaşib qolgulik ana şu satrlar – şeʼrdir, azizlar.

Yuqoridagi kabi tumtaroq sözlar qatorini bandma-band etib, "şeʼrimni gazetada yoritib bering”, - deb papkalarini qöltiqlab kelayotgan "şoir”-u "şoira”lardan baʼzan xafa bölib ketaman. Ular keltirgan "şeʼr”ining u yoq-bu yoğini töğrilab, şeʼriy talablar darajasiga keltirib, "xatolarini tuzatar, şu havaskor qalamkaşdan balki bir kuni yaxşigina şoir çiqar”, degan umidda gazetada yoritamiz. Lekin "şeʼr”i gazetada yoritilgan havaskor "şoir” va "şoira”lar keyingi gal tahririyatga "şeʼr” keltirganlarida özlarini katta şoirlarday tutişlarini körib, baʼzan hayron qolaman. Axir şoirlik – Allohning inʼomi, ilohiy qobiliyat-ku, öz-özini köz-közlaş yoki mansab emas-ku!

Endi mana bu satrlarga bir eʼtibor qiling:

Diyor osmonida söndi saraton,

Jazirama yozning tugadi zabti.

Endi derazadan boqar salqin tong,

Endi ozor bermas quyoşning tafti.

 

Axir ötib ketdi otaşnok damlar,

Yurakni neçun bir mahzunlik çorlar.

Bu yurtni ehtiros tark etsa agar,

Örnini olarkan mahzun xayollar...

Dilni tebratuvçi, köngilga xuş yoquvçi  nedir topdingizmi, bu misralardan? Albatta, topdingiz! Yana, köz oldingizda osmonidan quyoş ketmas Vatan manzaralari jonlandi. Şeʼrda manzara bor, betakror ranglar qurşovidagi Vatan tabiati mujassam. Tabiat qonuni – fasllar almaşinuvi paytidagi evrilişlar aro bir lahza köngillarni zabt etgulik mahzunlik ila kirib kelguvçi sunbula oyining sokinligini his etasiz göyo. Bu satrlar yoş  qalamkaş qizimiz Çinoroy Örinboyevaning  "Sunbula” şeʼridan olindi. Fikrlari teran, özgalarga aytgulik öz sözi bor, izlanuvçan bu qizimizning maşqlari hali ança tahrirtalab bölsa-da, uning kelajagiga işongimiz keladi. Şuningdek, NDPI talabasi Anvar Allamberganov, 53-maktabdan Orifjon Qöziyev, 46-maktabdan Boğdagul Çorşamova, QDU talabasi Behzod Sobirov, Gavharoy Qurbonboyeva, Dinora Karimboyeva, 52-maktab öqituvçisi Otaş Mirzo, 44-maktab öqituvçisi Manzura Sultonova, 8-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabi öqituvçisi Gulasal Rahimova, 22-maktab öquvçisi Surayyo Davlatboyeva, 1-sonli maktab öquvçisi Madina Jabborova  kabi havaskorlarning izlaniş va intilişlarini kuzatib, ularning ijodda öz örinlarini topişlariga umid nazari bilan qarasak-da, bu qalamkaşlar söz ustida işlaş, obraz va manzaralar yaratiş borasida hali juda köp izlanişlari zarurligini taʼkidlagim keladi. Çunki, aynan şu qalamkaşlarning şeʼrlarida umumiy bir nuqson borki, bu - sözlarni öz örnida qöllay olmaslik, qofiyabozlik, vazn buzilişi, içki ohangning, obrazlilikning yetişmasligi, bundan taşqari, bayonçilikka, taqlidga beriliş holatlaridirki va bu qusurlardan xoli ijod etişlari uçun ular juda köp öqib-izlanişlari kerak böladi.

Şu yerda bir haqiqatni  tan olişimiz kerak. Yaʼni, hamma şeʼr yozişi mumkin, lekin hammaga ham şoirlik nasib  etavermaydi. Şoirlik – ilohiy neʼmat. Qolaversa, şoir inson könglini anglaguvçi, dillar hamrozi, yuraklarni oğritgan dardlarni olguvçi, eng zarur paytda eng maqbul sözni aytguvçidir. Barça insonlar könglini anglab, dardlariga malham, ğam-u  taşvişlariga oşno bölib, el-yurt ğamini yelkalab, quvonçini, qadr-u qimmatini öz "men”idan ustun qöyib yaşamoqdir şoirlik. Lekin...

Afsus bilan aytişni lozim topganim, yana bir toifa "şoir”larimiz borki, töğrisi, ularning "ijod”larida   umuman maʼni yöq. Bu toifa "şoir”lar yo adabiyot atalmiş maʼnaviy xazinaning nimaligini bilmaydilar yo bu xazinaning javohirotlariga nisbatan dillarida zarraça hurmat yöq. Yaxşisi, quyidagi misralarga bir eʼtibor qilingda, xulosani özingiz çiqaravering.

Öxşataman,

Seni faqat baxtli bir yorga,

Bulbul xoniş qilmagan bilan.

Xandon urar qumrilar, qara!

Körmaganlar körmaydi abad,

Eşitganning yodidan çiqmas.

Jannatning xuş nasimi kezar,

Sevgilim, ovozlaringda.

Şeʼr – çiroyli taşbehlarga boy, şeʼrdan nuqson topolmaysiz. Ammo... M.S. ismli "şoira” qizimiz "qalamiga mansub” bu satrlar menga (balki köplarga) juda taniş tuyuldi. Va esladim. Bu satrlardan uyğur şoiri Aziziyning nafasi ufurib turardi. "Jayxun ilhomlari” NNT kutubxonasidan "XX asar jahon şeʼriyati” kitobini izlab topdimda varaqlay boşladim. 2011-yilda  "Turon Iqbol” naşriyotida çop etilgan antologiyaning 399-sahifasidagi uyğur şoiri Aziziy  qalamiga mansub "Jiyda çeçagi” şeʼri közimga ötday bosildi. Mana öşa şeʼr:

Öxşataman,

Seni faqat tolesiz yorga,

Bulbul faryod çekmagan bilan.

Xandon urar işqingda qarğa,

Bilmaganlar bilmas toabad,

Bilganlarning yodidan çiqmas,

Boği behişt saslari kezar,

Bekam sening ovozlaringda.

Agarda uyğur şoiri Aziziy yuqoridagi M.S. "ijod etgan” misralarni öqiganida "dod” deb yuborarmidi! Yoki nönoq "şoiraça”ga qöl siltab qöyarmi-di? Balki uni plagiatlikda ayblar? Bunisi bizga qoronği. Lekin men beadad afsus va nadomat bilan qayd etgim keladi:

- Baraka topgur şoirça-yu, şoiraça qaroqlarim! Sizlardan iltimos, adabiyot, şeʼriyat atalmiş muqaddas dargohga nopok qadam qöymangiz. Şeʼr – köngil gavhari, inson ruhiyatining jonbaxş çaşmasi. Bu gavhar har bitta köngilning  mulkiga aylangandagina, har bir inson ruhiyatiga jon baxş etgulik çaşmai-obga aylangandagina qadr topadi. Şoirning öz könglida özga bir köngilga hadya etgulik öz gavhari, özga dilga orom berib, çanqoğini qondirgulik zam-zam çaşmasi bölmas ekan, boşqalarning dil gavharini öğirlagani bilan u, bilʼaks heç qaçon şoir bölolmaydi. Bu – nainki közböyamaçilik, va öğirlik, balki köngil mulkiga tajovuzkorlik hamdir.

Afsus, afsus, şeʼriyatdek beğubor, musaffo böston aro yuqoridagi kabi nopok qadam qöymoqqa intilguvçilar borligi dilni xira qiladi. Xususan, Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf, Iqbol Mirzo, Mirzo Kenjabek, Ahad Qayum, Tölan Nizom, Guljahon Asqarova, Malika Mirzayeva, Muhtarama Uluğova singari bugungi özbek adabiyotining yetuk namoyondalari şeʼriyatidan ustamonlik bilan "foydalanib, öz şeʼriga aylantirib” olayotgan va uni tahririyatga qöltiqlab kelayotganlar, nadomatlar bölsinki, yöq emas.

Sözimning muxtasarida yoş ijodkorlarga ijodiy yutuqlar tilagan holda, bir fikrni takror-takror bildirmoqçiman:

- Tahlid – ijodkorni östirmaydigan kasallik. Köçirmakaşlik esa ijodkorning ijodini (agar unda iqtidor bölsa) öldirguvçidir. Har ikkisidan ham yiroq bölib, ijod maşaqqatini çeking, öqing va yana öqing, izlaning! Ana şunda özbek tilimizning jozibasini, ijodning möʼjizasini körasiz. Zinhor-bazinhor özgalarning köngil gavhariga köz tikmang, azizlarim!

 

Robiya YÖLDOŞEVA,

Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist. 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026