18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 03:18
Maqolalar 👁 323

XATONI OTA-ONA QILIB, JAZOSINI GOʻDAKLAR TORTADIMI?

XATONI OTA-ONA QILIB, JAZOSINI GOʻDAKLAR TORTADIMI?

Xalqimizda kirpi bolasini yumshogʻim, qargʻa oppogʻim, deb suyadi degan gap bor. Hayotga chuqurroq nazar solib qarasak, chindan-da baʼzi hollarda hayvonlar, qushlar Yaratgan eng mukammal qilib yaratilgan zot – insonlardan bolajonroq ekanligini, ular kelgusi avlodi uchun gʻamxoʻrroq  ekanligini anglaganday boʻlamiz. Ommaviy axborot vositalarida hayotimiz bor boʻyicha aks etayotgan bugungi kunda qaysi amaldorning qanday mashina sotib olayotgani, qaysi amaldor qanday yashashi-yu qoʻl ostidagilarga qanday muomalada boʻlishi, kim oilasini qanday boqayapti-yu kimning kim bilan turmush qurib, kimlar ajrashayotgani, shou biznes vakillari qancha pul topayotgani va nimalarga sarflayotgani, avvalgi, keyingi turmushi haqida barcha maʼlumotlarni, dunyo mamlakatlariga doir maʼlumotlarni ham ijtimoiy tarmoqlardan bemalol topa olamiz. Mayli bularni rivojlanish, globallashuv mahsuli deb qabul qilamiz.

Shunisi achinarliki, keyingi yillarda oʻz bolasini pulga (!) yangi uy olish, boqishda qiyinchiliklarga uchrayotgani, yo birov bilib qolmasligi uchun (albatta, nikohsiz tugʻilganini) sotayotgan onalar, oilasidagi arzimagan muammolar sabab hatto ularga oʻt qoʻyayotgan, suvga choʻktirayotgan onalar, koʻksiga pichoq qadayotgan otalar haqida yozilgan maqolalarni oʻqib, “tavba” deya yoqa ushlaydi, odam. Xatoni ota-onalar qilishadi jazosini goʻdaklar tortadimi? Bu qanday bagʻritoshlik?

Yaqindagina Sirdaryoda koʻzmunchoqday shirintoy ikki oʻgʻlini va oʻzini suvga tashlab oʻldirmoqchi boʻlgan ayol toʻxtatib qolingan edi. Zominda  beshikda yotgan ikki oylik norasida goʻdak qizini oilaviy nizolarga bardosh berolmay, urib oʻldirgan erkakka besh yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangani haqida oʻqib, dahshatdan qotib qoldim. Axir olamga endigina koʻzlarini katta-katta ochib boqayotgan, ota-onasi mehrini, ogʻushini his qila boshlagan goʻdakda, qizaloqda ne ayb? Muammo girdobida qolgan boʻlsa, insonlarcha muomala bilan er-xotin oʻzlari hal qilsalar boʻlmasmidi? Nahot ular qiz bola nafaqat farzand, balki jannat kaliti degan taʼrifga loyiq ekanligidan bexabar boʻlishsa? Johillik, bagʻritoshlik ham shunchalik boʻlar ekanmi – ota oʻz pushtikamaridan dunyoga kelgan ikki oylik farzandi arjumandini urib oʻldirishgacha borib yetsa? Nahot u farzand Yaratganning eng bebaho neʼmati ekanligiga, chor-atrofida  tirnoqqa zor qancha odamlar borligiga aqli yetmaydigan darajada boʻlsa?

Bilmadim, bilmadim. Biroq oʻsha erkak murgʻak norasidaning uvoliga qolgani  aniq.

Mayli, kun-kunni quvib oʻtib, oʻsha otaning besh yil ozodlikdan mahrum qilish jazo (nazarimda juda kam belgilangan) muddati ham tugar. Biroq oʻsha vaqtda u el yuziga  qanday qaraydi, kim uning yoʻlini kutadi? Menimcha bu savollar unga besh yillik jazodan ham ogʻir boʻlar, ehtimol? Yaratganning oʻzi odamlarning barchasiga insof bersin!

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019