QULAY, TEZ VA SIFATLI XIZMAT KOʻRSATILMOQDA
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga oʻtkazilishi natijasida xizmatlarni koʻrsatish qulay, tez va sifatli tarzda amalga oshirilmoqda.
Barcha sohalarda boʻlgani kabi FHDYo organlarida ham elektron tizimga oʻtilayotgani murojaatchilarning vaqti tejalib, arizalari qisqa muddatlarda hal qilinishiga asos boʻlayotir.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi “Tugʻilganlikni qayd etish bilan bogʻliq kompleks davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tugʻilgan bolaning ota-onasi yoki vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlariga yoxud ota-onasidan biri vakolat bergan boshqa shaxslarga tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma olish, tugʻilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qoʻyish, bir martalik nafaqa pulini olish, bolani otasi yoki onasi yoxud vasiysi (homiysi), tutingan ota-onasi doimiy roʻyxatda turgan manzili boʻyicha roʻyxatga qoʻyish hamda bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga navbatga qoʻyish boʻyicha kompleks davlat xizmatlari koʻrsatish orqali fuqarolarning ovoragarchiliklariga chek qoʻyilib, murojaatchining bitta arizasi bilan 6 ta xizmat bir yoʻla koʻrsatilmoqda.
Hozirgi kunda tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimida elektron va onlayn qabullar tashkil etilgani, koʻp turdagi arizalar boʻlim xodimlari tomonidan elektron ravishda toʻldirilib, fuqaroning faqat batafsil tanishib chiqib imzo qoʻyishi yoʻlga qoʻyilgani murojaatchilarning kutish vaqtining tejalishiga zamin boʻlayotir.
Tugʻilganlik, nikoh tuzilganligi va boshqa turdagi gerbli guvohnomalar ham elektron ravishda toʻldiriladi, barcha turdagi dalolatnoma yozuvlari elektron ravishda boʻlim yagona elektron arxivi axborot tizimiga kiritilmoqda.
Tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi tomonidan 2020-yil davomida 4519 ta tugʻilganlikni qayd etish guvohnomalari berildi. Shuning 23 nafari tugʻilganligi muddatida qayd etilmagan bolalarga tegishli edi. Boʻlim xodimlarining qoʻshimcha hujjatlar toʻplanishida bergan amaliy yordamlari tufayli 23 nafar bolaning tugʻilganligi qayd etildi. Qonuniy nikohdan oʻtmagan ota-onalardan tugʻilgan 203 nafar bolalarga otalik belgilandi. Bu koʻrsatkich tegishli tushuntirish-targʻibot olib borilganligi tufayli 2019-yilga nisbatan 127 nafarga, yolgʻiz onadan tugʻilganlar 2019-yilga nisbatan 43 nafarga kamaygan.
Shuningdek, 2020-yilda boʻlimda 1419 ta nikoh qayd qilindi, sayyor ravishda qayd qilingan nikohlar soni 40 tani tashkil etdi.
Yil davomida nikohdan ajralish holati 84 ta boʻlib, bu koʻrsatkich ham avvalgi yildan 25 taga kamayishiga erishildi. Shu kungacha fuqarolardan kelib tushgan jami 70 ta murojaatlarga tegishli ravishda huquqiy tushuntirishlar berildi. 30 nafar fuqaroga MDH davlatlaridan guvohnoma va maʼlumotlar olishda amaliy yordam berildi.
Fuqarolarga koʻrsatilgan huquqiy xizmatlar natijasida jami 110 million 881 ming 300 soʻmlik davlat boji, 226 million 599 ming 900 soʻm gerb yigʻimi, 27 million 714 ming 440 soʻm pullik xizmat yigʻimi undirildi.
Sanobar Xolboyeva,
tuman FHDYo boʻlimi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶