SOBIQ QUROLDOShLAR UChRAShDILAR
Joriy yilning 15-fevralida SSSR Qurolli Kuchlari afgʻon tuprogʻidan olib chiqilganiga 32-yil toʻladi. Bu kun Afgʻonistonda chorak asrcha davom etgan oʻzaro urushlarga barham berish uchun sobiq ittifoq armiyasi safida joʻnatilib, murakkab sharoitlarda jang-u jadallarda qatnashib, omon qaytgan tumanimizning sobiq afgʻonchilari uchun chinakam bayram. Sana munosabati bilan har yili mamlakatimizda turli tadbirlar oʻtkaziladi, sobiq afgʻonchilarga hurmat-eʼtibor koʻrsatiladi.
Shu yilning 10-fevralida Oʻzbekiston veteran jangchi faxriylar va nogironlar birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining tumandagi vakili Bahodir Jumaniyozov va sobiq afgʻonchi jangchilar Rustam Xoʻrozov, Ozod Xoʻjaniyozovlar Ayoqchi mahallasida istiqomat qiluvchi, Afgʻonistonda harbiy xizmat burchini bajarish chogʻida yaralanib, 11 guruh nogironi boʻlib qolgan Qoʻziboy Davletov, Ozod Oʻrozmetov, Beshovul mahallasida yashovchi Bahrom Rahimovlar xonadonida boʻlishib, hol-ahvol soʻrashdi, dildan suhbatlashdi va bugungiday dorilomon kunlarda yashayotganlariga shukronalar aytishdi. Shuningdek, Toryop mahallasida tugʻilib oʻsgan va afgʻon urushidan nogiron boʻlib qaytib, hayotdan bevaqt koʻz yumgan Norimmat Boltaboyev xonadoniga borishib, haqiga qurʼon tilovat qildilar.


Buningdek tadbirlar tumanimizning barcha hududlarida ham oʻtkazilmoqda.
Mahmudjon ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶