POChTA ALOQA XIZMATI KOʻRSATISh YaXShILANMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prizidentining «Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 14-dekabrda qabul qilingan 4921-sonli Qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha tuman Pochta aloqasi tarmogʻi tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Pochta aloqasi tizimi bugungi kunda mamlakat hududlarida xat va pochta joʻnatmalari bilan bir qatorda tovarlarni yetkazib berish, bank, moliya va davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha oʻz infratuzilmasiga ega boʻlgan muhim soha hisoblanadi.
«Oʻzbekiston pochtasi» aktsiyadorlik jamiyati mamlakatimizning pochta aloqasi milliy operatori sifatida respublika miqyosida 2 mingga yaqin pochta aloqasi obʼektiga ega boʻlib, barcha aholi punktlarini qamrab olgan.
Yuqoridagi Prezident Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida va «Oʻzbekiston pochtasi» aktsiyadorlik jamiyatining 2021-yil 6-yanvardagi “6-sonli buyrugʻi asosida tuman Pochta aloqa tarmogʻi(PAT) tomonidan xalqimizga qulaylik yaratishga qaratilgan yoʻnalishlar boʻyicha xizmat koʻrsatish boʻyicha rejaviy tadbirlar belgilab olindi.
Unga koʻra, 2021yil 1-fevraldan boshlab tuman Pochta aloqa tarmoqlariga qarashli (shahar markazida) 4 ta joyda hamda qishloq joylardagi hududiy 9 ta aloqa boʻlimlarimizda, xususan, Oʻrta qala, Kuyuk koʻpir, Xitoy, Bobur nomli, Choykoʻl, Toʻlqin, Doʻrman, Qilichboy va Nazarxon OFYlarda joylashgan tuman Pochta aloqa boʻlimlarida Davlat xizmatlari markazi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmat turlari boʻyicha 17 turdagi xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishga tushirildi.
Mazkur hududlardagi shoxobchalarda STIR aniqlash, yuridik shaxslar,jismoniy shaxslar hamda yakka tadbirkorlarning soliq qarzi mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish, fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimiga olish, manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim qilish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun ariza yuborish, fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joy borligi yoki yoʻqligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish, arixitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish boʻyicha ariza, jismoniy shaxslar uchun soliq toʻlovchining indentifikatsiya raqami (STIR) olish, bolani davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish uchun ariza berish, bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladi. Bundan tashqari, tugʻilganlik haqida, oʻlim roʻyhatga olinganligi, pensiya (nafaqa) haqida, narkologiya hamda ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida, shuningdek, doimiy (yoki vaqtinchalik) yashash joyi boʻyicha maʼlumotnoma olish kabi xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari ham yoʻlga qoʻyildi.

Endilikda Pochta aloqa tarmogʻida elektron-tijorat bozoridagi faoliyatni rivojlantirish boʻyicha mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini onlayn sotish va mijozlarga yetkazib berish imkoniyatini beruvchi elektron-savdo maydonchasi axborot tizimini yaratish hamda logistika markazlarini tashkil etish, tovarlarni saqlash va yetkazib berishni oʻz ichiga olgan xizmatlarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish boʻyicha onlayn savdo maydonchasi tashkil qilinishi ham koʻzda tutilgan.
Yuqoridagi Prezident Qarori bilan 2021-yilda mamlakatimizdagi 42 ta namunaviy tuman (shahar)larda pochta aloqasi korxonalarini trasformatsiya qilish loyihalarini koʻzda tutuvchi “Yoʻl xarita”larini belgilangan ilovalarga muvofiq amalga oshirish toʻgʻrisida takliflar maʼqullanib, pochta binolarini qayta qurish va taʼmirlash hamda ulardan unumli foydalanish rejalashtirilgan. Mamlakatimiz boʻyicha 267 ta, jumladan 2021-yilning birinchi choragida Qoraqalpogʻiston Respublikasida uchta tuman (Qoraoʻzak, Amudaryo va Qoʻngʻirot), shundan bizning Amudaryo tumani PAT binosi zamonaviy koʻrinishda qayta rekonstrutsiya qilinib, 7 ta aloqa boʻlimlar binolari davlat-xususiy sheriklik asosida zamonaviy koʻrinishda qaytadan barpo etish boʻyicha davlat dasturiga kiritilgan boʻlib, ushbu ishlar bajarilishi boʻyicha barcha tegishli hujjatlar tayyorlanib, tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Botir SAIDOV, Mangʻit Pochta aloqa tarmogʻi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶