TURAR VA NOTURAR JOYLAR RAQAMLAShTIRILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda “Aholini tizimga olish kontseptsiyasini tasdiqlash haqida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 17-martdagi bayonnomasi 6-bandiga muvofiq 2021-yilning 1-aprel sanasigacha aholi xonadonlariga va noturar bino-inshootlarga koʻcha nomi belgilarini oʻrnatish va uy-joylarni raqamlashtirish vazifasi topshirilgan.
Ayni kunlarda tumanimiz ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida aholi turar joylari va noturar binolarga koʻcha nomlari hamda raqamlar sifatli qilib oʻrnatilmoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda “Aholini tizimga olish kontseptsiyasini tasdiqlash haqida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar “Uy-jay nomerlestirioʻ orayi” masʼuliyati cheklangan jamiyati zimmasiga yuklatilgan boʻlib, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bilan oʻzaro hamkorlikda ish yuritish boʻyicha tumandagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida rejaviy-jadval tuzilib, shu asosda ish olib borilmoqda.
Aholi xonadonlari hamda hududlardagi noturar bino-inshootlarni raqamlashtirish, koʻcha, ovul va mahalla nomlari yozilgan peshlavhalarni sifatli qilib oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
“Uy-jay nomerlestirioʻ orayi” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan belgilangan rejaga koʻra, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi koʻrsatmasi asosida mart oyining birinchi oʻn kunligida tumanimizdagi barcha ovul, shaharcha va mahallalar fuqarolar yigʻinlari hududlaridagi turar va noturar joy obʼektlarida raqamlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Bu borada Mangʻit shaharining Yangibod mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga loyiq. Mahalla hududida raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish, xonadonlar, tadbirkorlik subʼektlari, davlat korxonalari peshlavhalarining sifatli bajarilishida “Uy-jay nomerlestirioʻ orayi” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish yuritishuvchisi Azamat Hayitmuratovning xizmati katta.
Qisqa fursat ichida mahalla hududidagi 378 ta xonadon raqamlashtirilib, 90 foiz koʻchalarga maxsus belgilar, koʻcha nomlari sifatli qilib oʻrnatildi. Amalga oshirilgan bu ishlar kelgusida tumanimiz aholisini tizimga olish va roʻyxatdan oʻtkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶