Jayxun ilhomlari
Törtliklar
Sendan uzoqlaşdim dilbar, uşbu dam,
Juda yiroq ketdim xomuş, dilda ğam.
Olisladim, desam, Yo, Rab, oldinda,
Ketib bormoqdasan mendan-da ildam.
* * *
Hijronlar qalbimni örtaydi tokay,
Mayli, dil daftarin manguga yopay.
Yozmoqqa kuç topdim uşbu sözlarni,
Seni unutmoqqa qaydan kuç topay!
* * *
Ayriliq tunlari naqadar uzun,
Hijronli dillarga bergaysan tözim.
Dilimda borini tökib soldim, lek,
Aytolmay turibman “alvido” sözin.
* * *
Mağrursan, dunyoni bepisand körding,
Jabr körmading heç, besitam yurding.
Himmatliman, deysan, biroq yölimga,
Ne uçun uqubat uylarin qurding?
* * *
Har işni mehr bilan boşlaş kerak,
Qadding tik, dadil qadam taşlaş kerak.
Tugamaydi dunyoning heç taşvişlari,
Bu hayotda havas bilan yaşaş kerak.
* * *
Noligan, dunyodan nolib ötadi,
Sabrli, ğamlardan ğolib ötadi.
Boriga şukrona qilmasang agar,
Bu hayot berganin olib ötadi.
Örozali REYIMOV.
Seni kutdim intizor
Bahor keldi boğlarimizga,
Qir-u adir, toğlarimizga.
Kutgan edik uni intizor,
Joylab, qalb sozlarimizga.
Endi bölar Xudo xohlasa,
Har kunimiz töy-u tomoşa.
Çunki keldi yurtimga Navröz,
Qança ölka, dala, qir oşa.
Bayramlarga boy erur Bahor!
Yangilaniş, yaşariş fasli.
Barçadan köp bölib intizor,
Seni kutgan mendirman, asli!
Gulmirza SOLAYeV,
2-sonli maktab öqituvçisi.
Gözal fasl
O, Bahor! Naqadar gözal faslsan,
Olamga yangidan baxş etguvçi jon.
Fasllar içida özing aslsan,
Seni kutaverar jumlai jahon.
Toğlar, adirlarni bezaysan gulga,
Samoda varraklar uçadi çunon.
Betimsol oşyonsan xuşxon bulbulga,
Senga yetdik şukur, el-u yurt omon.
O, Bahor! bayramlar fasli özingsan,
Sumalak qaynaydi doşqozonlarda.
Momolarim aytgan eng ezgu sözdan,
Nurlanar köngillar tong – azonlarda.
Tursunoy ÖROZBOYeVA,
8-MTT tarbiyaçisi.
Xuş kelding, bahor
Bahor kelgaç sepini yoyib,
Dala-daştda qizib ketdi iş.
Çumoli-yu boyçeçaklar ham,
Yer yuzida berdi köriniş.
Toğlarda ham ösibdi lola,
Suvlar oqar bölib şalola.
Bu fasldan quvonçga tölar,
Keksa-yu yoş, hattoki bola.
Çöpon bobo tayoğin olib,
Qir-adirga qöylarin haydar.
Sumalaklar pişirsa yoşlar,
Onaxonlar boş-u qoş bölar.
Dehqon bobo yaroğin olib,
Dalasiga yöl olar bu kun.
Jannatlarga qiyos elimning,
Dasturxonin qilay deb tökin.
Temir tulporini mohir boşqarib,
Traktorçi yigit dalaga çiqdi.
Qoronği tuşgunça dalani haydab,
Ekinlar ekişga tayyorlab qöydi.
Yangi yil atalgan Navrözi olam,
Xuş kelding elimga, safo kelibsan.
Sendan umidim köp, köpdir orzular,
Öşa umidlarim uşalsin endi.
Yurtim omon bölsin, döstlar şod bölsin,
Elim dasturxoni neʼmatga tölsin.
Har inson yetişsin, albat, murodga,
Barkamol avlodlar dono, soğ bölsin.
Öqisin, örgansin, kamolga kelib,
Yurtim rivojiga hissasin qöşsin.
Ota-onalari bundan şod bölib,
Qöllarini tilak, duoga oçsin.
Gulçehra OTABOYeVA.
Köklam
Sen bilan Navröz,
Kelar rizq-u röz.
Sumalak qaynab,
Bulbullar sayrab.
Gullar oçilar,
Har yon soçilar,
Varraklar uçar,
Samoni quçar.
Quvnab bolalar,
Terar lolalar.
Köklamdan darak –
Yaşillik demak.
Şahinoy ŞOMURODOVA,
40-sonli maktab öquvçisi.
Vatanga taʼzim
Ona yurtim, Vatanim,
Çiroyingga ming taʼzim.
Bağring misli jannatim,
Gul-boğingga ming taʼzim!
Quçoğingda topgan baxt,
Yuzdan-da ortiq millat.
Xalqingdir ahil, inoq,
Öğlonlaring azamat.
Gullagan boğ, toğingga,
Daşt-u vodiy, çölingga.
Taʼzim bilan yaşayman,
Mehr berib elimga.
Oltinoy JUMABOYeVA,
36-sonli maktab öquvçisi.
Gözal fasl
O, Bahor! Naqadar gözal faslsan,
Olamga yangidan baxş etguvçi jon.
Fasllar içida özing aslsan,
Seni kutaverar jumlai jahon.
Toğlar, adirlarni bezaysan gulga,
Samoda varraklar uçadi çunon.
Betimsol oşyonsan xuşxon bulbulga,
Senga yetdik şukur, el-u yurt omon.
O, Bahor! bayramlar fasli özingsan,
Sumalak qaynaydi doşqozonlarda.
Momolarim aytgan eng ezgu sözdan,
Nurlanar köngillar tong – azonlarda.
Tursunoy ÖROZBOYeVA,
8-MTT tarbiyaçisi.
Umr
Umr ötar, töxtamaydi heç,
Oqar suvday oqar erta-keç.
Yoşlik davri ötib ketadi,
Vaqt kutib turmas uni heç.
Kunlar ötar, tunlar ham ötar,
Quş qanotin qoqqaniday tez.
Baxtli, ğamli damlaring ötar,
Tun ortidan kelganday kunduz.
Bu umr köp jumboqli umr,
Har kim izlar jumboq yeçimin.
Gar umrida xatolar bölsa,
Izlayverar uning yeçimin.
Yillar ötar, oylar ham ötar,
Yoşlik bizni ketadi taşlab,
Vaqt yöqotgan, baxtin yöqotar,
Afsus çekar közini yoşlab.
Jazira BAZARBAYeVA,
3-sonli maktab öquvçisi.
Mehribonim
ayajon
Ayajonim yonimda
Böling har qaçon.
Yonimda bölsangiz,
Quvnayman şodon.
Meni erkalab quçgan,
Mehribonim ayajon!
Tarixni köp bilgansiz,
Menga aytib bergansiz.
Köp nasihat qilgansiz,
Doim omon yuringiz,
Ulğaytirdingiz meni,
Mehribonim ayajon!
Siz bölsangiz men,
Xursand va şodman.
Közim quvnaydi.
Dilim yayraydi,
Mehribonim ayajon,
Doim böling siz omon.
Nafisa HAMROYeVA,
46-sonli maktab
öquvçisi.
Çuçmoma köz oçdi
Bahor keldi.
Uyğonmoqda zamin-u zamon.
Yerlar köm-kök,
Quşlar bilan töldi-ku osmon.
Uyqudagi çuçmoma ham,
Köz oçdi asta.
Daraxtlarga gul-kapalak,
Böldi payvasta.
Çor atrofda xuş-xandonlik,
Nurli tuyğular.
Har bir dilda kelajakka,
Işonç tuğilar.
Bulbul qöndi gul şoxiga,
Yuragi xasta.
Andalibim, kel,senga men,
Bölay vobasta.
Şirin Örozimbetova, 6-sonli maktab öqituvçisi.
Vatanim
Vatan, sen dunyoda men uçun aziz,
Doimo sevib men ardoqlagayman.
Vatan, sen özing jon-u dilimsan,
Ölsam ham men sendan ayro bölmayman,
Ona yurt, seni heç kimga bermayman!
Istayman, bağringda mangu qolmoqni,
Kelajakka soğlom nazar solmoqni.
Barkamol avlodman safingda turgan,
Aziz nomingga heç gard yuqtirmayman,
Ona yurt, seni heç kimga bermayman!
Tömaris iziman, qalbimda ğurur,
Heç kimga boş egmay turaman mağrur.
Yuksaklarda bayroğing tursa hilpirab,
Xalqim qudratlanur, har on gurkirab!
Ona yurt, seni heç kimga bermayman!
Ota makonimsan, ona diyorim,
Özingsan aslida nurli iqbolim,
Vatan şaʼni uçun tökilsa qonim,
Tandagi jonimni qöşib bergayman,
Ona yurt, seni heç kimga bermayman!
Dildora RAJABOVA.
Xuşböy ifor
Bahor keldi qişloqqa,
Gul-u adir ötloqqa.
Xuşböy, nafis havosi,
Uriladi dimoqqa.
Barça xursand böldilar,
Quvonçlarga töldilar.
Boğning huşböy ifori,
Qalblarga kuy soldilar.
Toğlarda, adirlarda,
Gul oçildi qirlarda.
Quvonçdan könglim tölib,
Gul tutamiz döstlarga.
Dilnura RAHIMBOYeVA.
Vaqt
Yaşasang, heç köngling tölmasa,
Kulsang-u yuzlaring kulmasa.
Yaşaşdan maqsading bölmasa,
Dardingga darmoning vaqtdir!
Kimgadir qolgansan boğlanib,
Ketişga oşiqib, çoğlanib.
Uxlay olmasang tölğonib,
Dardingga darmoning vaqtdir!
Eslayman, har nafas olganda.
Öylanib, xayolga tolganda.
Yiğlayman, bir özim qolganda,
Bilarman, darmonim vaqtdir!
Surayyo RAJABOVA, 44-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶