29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 19:53
Jamiyat 👁 254

XOTIRALARDA YaShAYoTGAN QAHRAMON JANGChI

XOTIRALARDA YaShAYoTGAN QAHRAMON JANGChI

Tumanimizning soʻlim qishloqlaridan biri – Xitoy ovulida tugʻilib-oʻsgan Baxtjon Tojimbetov Oʻrinboy ogʻa bilan Gulsara onalarning oʻnta boʻlsa – oʻrni, qirqta boʻlsa – qiligʻi boshqa 12 nafar farzandlarining biri edi. Tabiatan mehribon, bir soʻzli va qatʼiyatli Baxtjon oʻzining epchilligi, mehnatsevarligi, uddaburonligi bilan aka-ukalari, opa-singillari orasida ajralib turardi...

Agar Baxtjon Tojimbetov hayot boʻlganida ayni bahorda 57 yoshga toʻlgan, oʻgʻil-qizlarini kamolga yetkazib, el-yurtda obroʻli oila sohibi darajasiga yetgan boʻlardi. Afsus... Baxtjonning taqdiri sovuq Afgʻon urushi janggohlariga tutashdi. U Afgʻonistonda kechayotgan dahshatli muhorabalarda ilk jangga kirganida 19 yoshda edi. Sobiq SSSR Armiyasining motorlashgan harbiy qismlaridan birida pulemyotchi sifatida 1982-yilning 4-mart kuni Ganjitol togʻidagi beayov janglarda ilk marta dushman bilan yakkama-yakka toʻqnashdi. Jasur va epchil Baxtjon oʻz pulemyotidan tinimsiz oʻq yogʻdirib, dushmanni esankiratib qoʻydi. U birinchi jangidayoq rota komandirining nazariga tushdi. Shu bois, rota komandiri Baxtjon xizmat qilayotgan qism navbatdagi muhim topshiriqni qabul qilib olganida dushmanni toʻsib turish nuqtasiga pulemyotchi Baxtjonni tanladi. 1982-yilning 5-mayida muhim topshiriqni bajarishga kirishgan Baxtjon va uning rotadoshlari uchun ogʻir va qaqshatqich janglar boʻldi. Tish-tirnogʻigacha qurollangan dushman toʻdasiga qarshi janglarda Baxtjonning pulemyoti dushmanga koʻp talofat yetkazdi. Tinimsiz oʻq yogʻdirayotgan pulemyot nuqtasini yoʻq qilish maqsadida dushman oʻta aniqlik bilan jang qilishga oʻtdi va... manfur yov oʻz niyatiga yetdi. Yuragiga yaqin joyidan ogʻir yaralangan Baxtjon Tojimbetov yuragini changallab turib ham dushmanga qarata bir-ikki marta oʻq uzishga ulgurdi...

Shu kuni rota askarlari Baxtjonning qahramonligi evaziga muhim topshiriqni ado etdilar... Baxtjon esa...

Xotira va qadrlash kuni bayrami arafasida Baxtjon Tojimbetov tahsil olgan 27-sonli umumtaʼlim maktabida qahramon jangchining xotirasiga bagʻishlangan xotira marosimi oʻtkazildi.

Xotira marosimini maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Jumaboy Saparboyev ochdi va Baxtjon Tojimbetovning oʻquvchilik davri haqidagi xotiralaridan soʻzlab berdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi “Veteran” jangchi-faxriylar va nogironlari birlashmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining Amudaryo tumani boʻyicha vakili Bahodir Jumaniyozov, Baxtjon Tojimbetovning sinfdosh doʻstlari Saʼdulla Ismoilov, Rahimboy Matqurbonov, Gulimbat Sitrzayev, Baxtjonning ukasi Kengesboy Tojimbetov, tumanimizdagi sobiq afgʻonchi jangchi-faxriylar hamda 27-sonli maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Shuningdek, xotira tadbirida Bahodir Jumaniyozov Baxtjon Tojimbetovning janglarda koʻrsatgan jasorati, harbiy qasamyodiga sodiqlik bilan mardlik va jasurlik namunalarini namoyon eta olgani, oʻlimidan soʻng “Qizil yulduz” ordeni bilan taqdirlangani haqida batafsil maʼlumot berdi.

Xotira tadbirida sobiq afgʻonchi jangchi-faxriylardan Rahimboy Xalillayev va Ozodboy Xoʻjaniyozov, 27-sonli maktab oʻquvchilaridan Dilshod Otaxonov, Vohidjon Bobojonov, Umida Xalillayeva, Javohir Qoʻchqorov, Diyorbek Rahimboyevlar ham soʻzga chiqdilar.

Boʻlib oʻtgan xotira tadbiri davomida ishtirokchilardan bir guruhi Baxtjon Tojimbetov mangu qoʻnim topgan “Qumqalʼa” qabristoniga borib, uning qabrini ziyorat etishdi va Baxtjonning ruhiga Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.

Sobiq afgʻonchi jangchi, faxriy, tadbirkor Solijon Xoʻrozov homiyligida oʻtkazilgan mazkur xotira tadbiri inson xotirasi hamisha muqaddasligini, tinchlik va osoyishtalikning qadri hamma moddiyatlardan ham ulugʻligini, bu muqaddas tuygʻularga sodiq yashash xalqimiz uchun oliy qadriyat ekanligini amalda namoyon etgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026