XOTIRA - AZIZ, QADRI MUQADDAS
1-sonli oʻrta maktabning ijodiy-madaniy ishlar targʻibotchisi Zulfiya Ollayorova maktabdagi iqtidorli va ijodkor yoshlar bilan birgalikda 1941-1945-yillardagi – Ikkinchi jahon urushi vaqtida front ortida, gʻalaba uchun, yurt tinchligi uchun kecha-yu, kunduz jonini fido qilib mehnat qilgan ayol-qizlarimizdan 97 yoshlarni koʻrib, 98 yoshga qadam qoʻygan Zebo Saribayeva bilan 9-may – Xotira va qadrlash kunida uchrashuv oʻtkazdi. Oʻquvchilari Zebo Sariboyevaning urush vaqtidagi xotiralarini, kolxozdagi ishchilarning ayniqsa, ayol-qizlarning ogʻir mehnatlari haqidagi hikoyalarini eshitib, ulkan taassurotlar oldilar.
Faxriy onamiz Zebo opani hurmatlab, oʻquvchi-qizlarimiz oʻzlari yozgan sheʼrlaridan oʻqib berdilar va sovgʻalar, gullar berib, 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami bilan samimiy tabrikladilar.
Zulfiya OLLOYoROVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶