Xotira – muqaddas
Xotira xiyobonini kezar ekanman, urush qurbonlari roʻyxati oldida bir zum oʻyga toldim. Ularning ruhlariga duolar qildim. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlishini haqtaolodan soʻragan holda, taklif qilishgan maktab sari yoʻl oldim. 49-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi tumanimizning Xorazm viloyati Gurlan tumani bilan chegaradosh hududda joylashgan. Manzilga yetib kelganimda meni ochiq chehra bilan maktab direktori Sh.Ayimbetov va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari R.Artikovlar kutib olishdi. Maktabda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ochiq osmon ostida tadbir oʻtkazish arafasida kelibman.
Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari R.Artikov va bir guruh oʻquvchilar bilan birgalikda shu ovulning eng keksa – 92 yoshli M.Tashiyev huzuriga borib, u kishining duolarini oldik va bayram bilan tabrikladik. Front ortida koʻrgan qiyinchiliklari, ocharchilik kunlari haqidagi xotiralari haqida gapirar ekan, koʻziga yosh olib, tinchligimiz barqaror boʻlishini tilab duo qildi, shu kunlarning qadriga yetishimizni qayta-qayta uqtirdi. Maktabga yetib kelganimizda bayram tadbiri boshlanish arafasida ekan. Tarix fani oʻqituvchisi G.Botirova tadbirni ochib berdi va II jahon urushida jonini fido qilgan vatandoshlarimiz xotirasini esga oldi.
Bayram tadbirini shu maktabning musiqa fani oʻqituvchisi G.Qarliyeva olib bordi. Shuningdek bayram tadbiriga mehnat faxriysi P.Annasaparov, sobiq afgʻonchi- jangchi R.Jamgʻurovlar tashrif buyurishdi va oʻquvchilarni bayram bilan tabriklashdi. Maktab direktori Sh.Ayimbetov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha maktab direktori oʻrinbosari R.Artikovlar soʻzga chiqishdi va el-yurtimizga tinchlik, qut-baraka tiladilar. Maktab oʻquvchilari ijro etgan kuy-qoʻshiqlar bayramga oʻzgacha fayz kiritdi. Ayniqsa qizlar ijrosidagi turkmancha raqs meni manun etdi.
Bayramdan qaytar ekanman jamoada oʻz kasbiga sodiq ustozlarga rahmat aytib xayrlashdim.
Farhod Avezov, “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶