28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:37
Qishloq xoʻjaligi 👁 291

Tumanimizda parrandachilik va asalarichilik tarmoqlari tobora rivojlanmoqda

Tumanimizda parrandachilik va asalarichilik tarmoqlari tobora rivojlanmoqda

Mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish va eksportga moʻljallangan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, shuningdek, aholini mahalliy ishlab chiqarilgan sifatli va arzon parrandachilik mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ushbu soha rivoji uchun muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumanida parrandachilik sohasi taraqqiyoti, bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash yuzasidan keng qamrovli ishlar qilinmoqda. Tumandagi Bogʻ mahallasida joylashgan “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasining bugungi kundagi faoliyati fikrimizning yaqqol dalilidir.

Agrofirma rahbari Erkin Rasulov boshchilgidagi mehnatsevar ishchilar tumanda parrandachilikni yanada rivojlantirishga oʻzlarining hissalarini qoʻshib kelmoqdalar. “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrafirmasi 2019-yilda 150 ming bosh parrandaga moʻljallangan parrandachilik xoʻjaligini tashkil etish loyihasini ilgari surdi. Ushbu loyiha agrofirmaning 3 mlrd. soʻm oʻz mablagʻi hisobidan 2020-yil mart oyida ishga tushirildi. Parrandachilk xoʻjaligini tashkil etish loyihasining amalga oshirilishi orqali 30 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Loyihani qoʻllab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan Besh tom mahallasi hududidan yer maydoni ajratilishida amaliy yordam koʻrsatildi. Bugungi kunda parrandachilik kompleksida “broyler” zotli goʻshtga ixtisoslashtirilgan parranda boqilmoqda. Shuningdek, korxona faoliyatini kengaytirish maqsadida qiymati 400 mln.soʻm boʻlgan goʻsht saqlash uchun muzlatkichli sigʻimlar tashkil qilish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Aytish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida parrandachilikni sohasini yanda rivojlantirish boʻyicha qator ustuvor vazifalar belgilangan. Xususan, raqobatbardosh parranda mahsulotlari ishlab chiqarish orqali aholini yetarli miqdorda parranda mahsulotlari bilan barqaror va maqbul narxlarda taʼminlash, eksport salohiyatini oshirish, ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda parrandachilik klasterlarini tashkil qilish, bunda innovatsion texnologiyalarni keng tatbiq etish, sohaga faol investitsiya jalb etish orqali parranda mahsulotlarini, shu jumladan, parranda chiqindilarini chuqur qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish shular jumlasidandir. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda barcha imkoniyat hamda sharoitlar yaratilgan.

Shuningdek, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohalaridan asalarichilikni rivojlantirishga ham keng eʼtibor qaratib kelinmoqda. Asalarichilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, asalarichilik xoʻjaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada koʻpaytirish, asalni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, asalarichilik sohasidagi ilgʻor tajribalarni respublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Tadbirkor Erkin Rasulov asalarichilik sohasida ham katta tajribaga ega. “Erkin Rasulov asalchi” fermer xoʻjaligi bugun asalarichilik tarmogʻini rivojlantirishda eng koʻzga koʻringan xoʻjaliklardan biriga aylanmoqda. Mazkur fermer xoʻjaligi 2014-yilda tashkil etilgan boʻlib, korxona rahbari Erkin Rasulov asalarichilik sohasini puxta egallagan tadbirkor hisoblanadi. U asalarichilik faoliyati bilan 40-yildan uzoqroq shugʻullanib keladi hamda sohada koʻp yillik tajribaga ega.

Aytish kerakki, 2019-yilda “Oʻrta qalʼa chorvadori” agrofirmasi tomonidan jami 2,4 mlrd.soʻm, shundan 1,2 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari hisobidan asalarichilikni rivojlantirish loyihasi amalga oshirildi. Ushbu mablagʻlar 200 ta asalari oilalari xarid qilishga yoʻnaltirildi hamda loyiha amalga oshishi orqali yangidan 10 ta doimiy ish oʻrinlari yaratildi.

Qolaversa, 2021-yilda “Erkin Rasulov asalchi” fermer xoʻjaligining 1,5 mlrd.soʻm mablagʻlari hisobiga kasanachilik usulida asalarichilikni rivojlantirish loyihasi amalga oshirilib, 118 ta kasanachilar ishga qabul qilindi. Mazkur loyihalarni amalga oshirish hamda fermer xoʻjaligi jamoasining samarali mehnati natijasida 2019-yilda 15 tonna, 2020-yilda 33 tonna, 2021-yil I mavsumida 12,5 tonna asal yetishtirishga erishildi.

Shuningdek, xoʻjalik ogʻir pandemiya sharoitida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashga ham oʻz hissasini qoʻshdi. Xususan, xoʻjalik tomonidan pandemiya davrida extiyojland oilalarga jami 30 mln.soʻmlik xomiylik yordamlari koʻrsatildi.

Kelajakda xoʻjalik tomonidan asalni qadoqlash, zarur asbob-uskuna va boshqa anjomlarni ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026