14.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
14.11.2026, 03:39
Maqolalar 👁 321

SAFARBOY SURATÇI MATUBOTNING ÇINAKAM FIDOYISI EDI

SAFARBOY SURATÇI MATUBOTNING  ÇINAKAM FIDOYISI EDI

Gazeta işida nafaqat ijodkorlar, yaʼni qalam ahlining, balki uning sahifalarini suratlar bilan bezatuvçi, texnik xizmat körsatuvçi xodimlarning ham örni alohida.

El orasida “Safarboy suratçi” nomi bilan tanilgan, fotomuxbir Safarboy Şomurodov ham tumanimiz gazetasi fidoyilaridan biri edi.

Safarboy Şomurodov 1934-yilda Qipçoq tumanida, dehqon oilasida dunyoga keldi. Ovuldagi maktabning 7-sinfini bitirgaç, 1952-yildan Toşkent şahridagi madaniy-oqartuv texnikumida öqidi. Orada harbiy xizmatni ötab keldi. Texnikumni tugatgaç, tuman Madaniyat uyida ommaviy tadbirlar uslubçisi bölib işlay boşladi. Iş bilan bir qatorda Nizomiy nomidagi Toşkent Davlat Pedagogika institutining kutubxonaşunoslik fakultetida sirtdan öqidi.

Safarboy aka madaniyat sohasida işlaş bilan bir qatorda yoşligidan havas qilgani – suratkaşlik işini ham birdek olib bordi. Tumanda ötkazilayotgan har bir ommaviy tadbir, muhim sanalar, el xizmatidagi fidoyi insonlar S.Şomurodov tomonidan foto qoğozlarda muhrlanib boraverdi.

1957-yilning oxirida Qipçoq va Manğit tumanlari birlaştirilib, Amudaryo tumani taşkil etildi va davriy naşr “Amudaryo haqiqati” gazetasi çop etila boşladi. Bu davrlar içida suratkaşlikda katta tajriba töplagan Safarboy aka el orasida tanila bordi. 1965-yilning iyun oyidan boşlab, u “Amudaryo haqiqati” gazetasida foto muxbir sifatida öz faoliyatini boşladi.

Bunday kişilar haqida gap ketganda çin maʼnoda “halovat neligini bilmay işlagan insonlar”, deb haqli ravişda aytişimiz mumkin. Çunki öşa paytda tuman gazetasi haftasiga uç marta naşr qilingan. Gazetaning öqişli, rang-barang, mazmunan teran, materiallarga boy bölişi, söz bilan surat birligi muhim edi. Har sahifada kamida ikkitadan maqola qahramonlarining suratlari aks ettirilardi. Yoş yigit paytida “Xabarovets”, keyinçalik “Ural” mototsikllarida tumanning har bir nuqtasidagi muhim tadbirlarga öz vaqtida yetib borardi.

Tadbirdan söng, uyga kelib tun yarmigaça kimyoviy usulda plyonka va surat qoğozlarga işlov berib tayyorlaş, quritiş işlarini bajarardi. Tayyor bölgan suratlar Nukus, Gurlan yoki Urganç şahridagi ustaxonalarda temir-klişega köçirilardi. Fotoklişe olib kelinib, bosmaxonada naşr qilinayotgan gazeta sahifasiga qöyilardi.

Bu jarayon ketma-ket davom etaverardi, aytişga oson. Biroq barçasiga ulguriş kerak. Aks holda gazetaning navbatdagi soni naşrdan keçikadi. Foto-muxbir Safarboy Şomurodov barça masʼuliyatni his qilgan holda çarçaş nimaligini bilmay yelib-yugurdi, barçasiga ulgurdi.

Şunday fidoyi insonlarning tinimsiz mehnatlari tufayli “Amudaryo haqiqati” gazetasining nufuzi nafaqat tumanimizda, balki sobiq Ittifoq miqyosida ham yuqori örinlarga kötarildi. Gazeta öz sahifalarida “Ijtimoiy muammolarni keng yoritgani uçun”, “Harbiy vatanparvarlik va baynalminal tarbiya mavzularini yuksak darajada yoritgani uçun” hamda “Işçidehqon muxbirlari xatlari bilan işlaşdagi faolligi uçun” kabi ittifoq miqyosidagi 1- va 2-darajali diplomlar, esdalik sovğalar bilan taqdirlandi.

S.Şomurodov gazetaning fotomuxbiri bölib işlaşi bilan bir qatorda, çin maʼnodagi madaniyat kişisi, maʼrifat tarğibotçisi ham edi. Uning özi minib yurgan ulovini soz holatda saqlaşi, kiyim kiyişdagi orastaligi, öziga zarur foto-uskunalarni saranjom-sarişta saqlaşi va foydalanişi – buning barçasi zavq bilan eslaşga arzigulik.

Tumanning qaysi bir burçagiga, qaysi kasb egalari orasiga bormasin, uni barça xuş kayfiyat bilan kutib olardi. Borgan joyida suhbatni yarim hazil ohangida boşlaşi, kirişimliligi, şirin muomalasi, qangliça lahjada gapirib, suhbatdoşining könglini bir zumda kötarib yuborişi bilan barçaning hurmatini qozonardi.

Universitetni tugatib, jurnalistlik mutaxassisligi böyiça iş boşlagan paytimda Safarboy aka 20 yillik muxbirlik tajribasiga ega inson edi. Tumanning turli joylariga birga borib, maqola qahramonlari bilan hamsuhbat böliş, işlari bilan tanişiş, u bilan qanday munosabatda bölişni şu insondan örgandim. Tajribali mutaxassis bilan birga işlaş men uçun alohida hayot maktabi böldi.

U kişining ajoyib jihatlaridan biri – xotirasi kuçli edi. Özi tuşirgan suratlarning orqasiga yozib yurmasdi. Yigirma yil oldin suratga tuşgan odamning ismini yanglişmay aytib bera olardi. Bir kuni Qangli ovuliga ketayotganimizda “jöramning bolasi armiyadan kelibdi, bir yöla tabriklab ötamiz”, dedi. Uyidan beşikda yotgan gödakning suratini olib çiqdi. Suratda biror yozuv yoki sana yöq. Keyin bilsam, bu armiyadan kelgan yigitning çaqaloq paytida olingan surati ekan.

Yana bir kuni Safarboy Şomurodov bilan xizmat safarida yurar ekanman, uning sumkasida atir sovun va soç-soqol oladigan uskunalarni körib qoldim. Hayron bölib: “Ustoz, uyda soqol olişga vaqt yöqmi?” – deb söradim. Şunda Safarboy aka: “bu narsalar men uçun emas, dalada işlab, soç-soqol oldirişga qöli tegmay  yurgan odamlar uçun kerak”, – dedi.

Haqiqatan ham dalada mehnat qilayotgan, mavsumning qizğin pallasida işga berilib ketgan mexanizatorlar, dala işçilarining soç-soqolini dala boşida oldirib, suratga tuşirganlarini körganman.

Tumanimizning köp xonadonlarida eski suratlar bor. Uy egalari: “buni Safarboy suratçi tuşirgan”, – deyişadi faxr bilan. U olgan suratlar albomlarda, arxivlarda, idora daftarlarida ham bor. Bu suratlar tumanimizning 40-50 yillik tarixini özida aks ettirgan durdonalardir.

Hozirgi kunda S.Şomurodovning işini farzandlari Mahmudjon Şomurodov, nabiralari Muhriddin, Öktamlar davom ettirişmoqda. Ustozning örnida bugungi kunda öğli Mahmudjon Şomurodov işlamoqda. Mahmudjon ham bugungi kunda yetuk mutaxassis sifatida elga tanilib, yoş fotomuxbirlarga ustozlik qilmoqda. Axir ot izini toy bosadi, degan gaplar bejiz aytilmagan.

Töğri, hozirgi zamon foto uskunalari ötgan davrlardagidan keskin farq qiladi. Hozirgilari, tezkor, ixçam, sifatli.

Biroq ustoz bosib ötgan ibratli yöl özgarmaydi, eskirmaydi. Bu yöl biz uçun ham, bizdan keyingi avlodlar uçun ham mangu mayoq vazifasini ötayveradi.

Örozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026