17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 16:19
Maqolalar 👁 221

“ONAM OʻGAY EMAS”

“ONAM OʻGAY EMAS”

(Hayotiy hikoya)

Yaqinda dugonam Nargizaning onasi Sanobar opaning oʻgayligini eshitib, toʻgʻrisi, xayron qoldim.  Qizlariga shunchalar mehrbonki, birovning bolasini “bolam”, deb bagʻriga bosish uchun inson, menimcha, juda kuchli boʻlishi kerak. Sanobar opaning irodasiga qoyil qoldim.

Nargizalar biz 2-sinfda oʻqiyotganimizda koʻchib kelishgan. Beshta opa-singilni Sanobar opa oq yuvib-oq tarab, oʻgayligini bildirmay  katta qilgan. Bir men emas, opaning oʻgayligini eshitib, boshqalar ham hayron qolishdi. Chunki shuncha yillar davomida ularni taniganlar opaning oʻgayligini biror marta boʻlsayam sezishmagan.

Bu orada Sobir aka  ham oʻtib qoldilar, ayol boshi bilan erining maʼrakalarini oʻtkazdi. Sobir aka yakka oʻgʻil boʻlgani uchun aka-ukalari yoʻq edi.

Onamning aytishicha, katta qizi Nargiza 6 yoshda, kenjasi Yodgora endi tugʻilgan chaqaloq ekan. Onasi beshinchi qizini dunyoga keltirayotganida, tugʻruq paytida vafot etgan ekan. Sobir aka qizlari va 1 kunlik chaqaloq bilan chirqillab qolavergan. Chaqaloqqa qarash maʼrakalari oʻtguncha qiyinchilik tugʻdirmadi. Qarindoshlarining biri chaqaloqqa qarasa, yana biri bolalarni ovqatlantirib turishgan. Maʼrakalar oʻtib, qarindosh-urugʻlar uy-uyiga tarqalishgach, Sobir aka chaqaloqqa qarash qanchalik  qiyinligini bildi. U bolani 5-6 oy amalladi. Uning qiynalib qolganini koʻrgan yaqinlari qarab turishmadi. Maslahatlashib, Sobir akani Sanobar ismli, befarzandlik tufayli eridan ajrashgan juvonga uylantirib qoʻyishdi. Har bir qiyinchilikning oxiri xayrli, deb bekor aytishmagan ekan. Sanobar opa mehribon va bolajon ayol boʻlib chiqdi. Oʻzi farzandli boʻlolmagani uchun qizlarga bor mehrini berdi.

– Oʻzi farzand koʻrmagan ayol bola qadrini bilmaydi, deyishadi. Aslida qadrni ham, mehrni ham xudoyim koʻngilga solar ekan-da. Baʼzi onalar bor, oʻzi tuqqan farzandlariga mehr bermaydi, – deb kuyinib gapirardi onam.

Katta qizi, dugonam Nargiza bilan kenjasi Yodgora oliy maʼlumotli, Nasiba, Nafisa, Umidalar hunarli  boʻlishdi. Bichish-toʻqish qoʻlidan kelgani uchun Sanobar opa qizlarini yoniga olib qoʻni-qoʻshnilardan, tanishlardan buyurtma ola boshladi. Tikkanlari maʼqul keldi shekilli, qoʻshnilar nevaralarini, qizlarini  yetaklab Sanobar opaga opkelishardi, shogird qilib oling, deb. Uyining bir xonasida tikuvchilikni boshlagan Sanobar opaning  hozirgi kunda tuman markazida katta tikuv tsexi bor. Yuzlab shogirdlar chiqardi. Tikuv tsexida 50 ga yaqin ayol-qizlar ishlashadi. Bolalar bogʻchalari va kasalxonalarga yostiq-koʻrpa jildlari, korxona-tashkilotlar ishchilariga ish kiyimlari tikishadi. Shu kasbi orqasidan el orasida obroʻ topdi. Mahallamizda ham opani hamma hurmat qilishadi. Ikkala qizini shu  mahalladagilar kelin qilishgan. Uchinchi, toʻrtinchi qizlarini ham uzatdi, yaxshi qiz mahalladan chiqmas, deganlari shu boʻlsa kerak. Yaqinda kenjasi Yodgorani oʻzi bilan institutda oʻqiydigan yigitga unashtirishdi. Qizining barcha seplarini taxt qilib qoʻyibdi, kam-u koʻstsiz qilib. Faqat bir ish qoldi.

Sanobar opaning yuragini zil bosib  turgan haqiqatni aytish kerak Yodgoraga. Yodgora aqlli, odobli qiz, hammasini  toʻgʻri tushunadi. Keyin Yodgora ikkalasi Sobir akaning va qizlarning tuqqan onalari Salima opa qabrini ziyorat qilishadi. Yodgora ota-onasidan oq fotiha oladi. Sanobar opa toʻrtta qizini uzatayotganida ham shunday qilgan.

Lekin Yodgora juda taʼsirchan, dadasining oʻlimidan keyin ancha vaqt oʻziga kelolmay yurdi. Qizini yaxshi bilgan Sanobar opa bu safar ertaroq aytishga qaror qildi. Yodgoraning ahvoli bir hol, onaniki undan battar.

– Siz mening onamsiz, siz tuqqansiz meni, siz oʻgaymassiz. Seni men tuqqanman, deng. Onajon, shu haqiqatni bir umr bilmay oʻtsam rozi edim! – Ona-bola yigʻlashdi juda uzoq. Charchab, uxlab qolishdi.

Ertasiga tong boshqacha otdi, ularning munosabatlari oldingiday qolarmikan, ona shularni oʻylab kuyinardi. Yodgora yuvinib, nonushtaga oʻtirarkan, har kungiday onasini quchib, yuzidan oʻpib qoʻydi. Koʻzidan chiqqan ikki tomchi yoshini qiziga koʻrsatmaslikka harakat qilayotgan Sanobar opaning qoʻllari qaltirardi. Buni sezgan Yodgora:

– Onajon, bugun sizga oʻzim choy quyib beraman, – dedi boshqacha mehr bilan. Nonushtadan keyin ona-bola qabristonga yoʻl olishdi. Sanobar opa Salima opadan minnatdor, beshta qizni tugʻib bergani uchun. Yodgora dadasidan minnatdor, shunday oqila  ayolni qizlariga ona qilib olgani uchun.

“Uch qizni tarbiyalab, egasiga topshirgan ota-ona jannatga tusharkan”. Sanobar opa esa besh qizni toʻgʻri tarbiyalab, egalariga topshirdi. Ular bu dunyoning jannati ayollari, desak mubolagʻa boʻlmas. Guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, yon-atrofimizda zolim, oʻgay onalar ham uchrab turadi. Undaylar Sanobar opaga  oʻxshaganlardan ibrat olsa arziydi. Ular yana bir marta qilayotgan ishlari, aytayotgan gaplari, begunoh yetimlarga koʻrsatayotgan zulmlari haqida oʻylab koʻrishsa boʻlardi.

 

Nodira YaNGIBOYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019