14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:54
Siyosat 👁 3,040

Saylovlar - «xalq hokimiyatchiligi» Konstitutsiyaviy printsipini amalga oshirish vositasidir

Saylovlar - «xalq hokimiyatchiligi» Konstitutsiyaviy printsipini  amalga oshirish vositasidir

«Xalq hokimiyatchiligi» printsipi har qanday demokratik davlat Konstitutsiyaviy tuzumining asosiy printsipi.

Ushbu printsip Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida oʻz ifodasini topgan, yaʼni unda belgilanishicha xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir.

Konstitutsiyaning 32-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda oʻz vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Fuqarolarimizning oʻz vakillari bu - deputatlardir. Yaʼni, fuqarolar saylovlar orqali oʻz xohish-irodalarini amalga oshirib, oʻzlari saylagan vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishga boʻlgan siyosiy huquqlarini roʻyobga chiqaradi.

Barchamizga maʼlum bundan oldingi saylovlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2009-yil 17 sentyarbdagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov boʻyicha saylov kampaniyasi boshlanishini eʼlon qilish toʻgʻrisidagi» Qaroriga asosan 2009-yilning 27-dekabr sanasida oʻtkazilgan edi.

2012-yil 9-apreldagi «Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi toʻgʻrisida»gi OʻRQ-320-son Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga muvofiq Davlat hokimiyati vakillik organlariga bu yilgi saylovlarni oʻtkazish sanasi 2014-yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasi etib belgilandi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni asosida amalga oshiriladi.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida besh yil muddatga oʻtkaziladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadilar.

Har bir fuqaro - saylovchi bir ovozga ega.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylashda - oʻttiztadan koʻp boʻlmagan hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan tegishli xalq deputatlari Kengashiga bitta deputat saylanadi.

Saylov yuzasidan saylov kampaniyasi boshlanganligi deputatlarning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.

Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish huquqiga siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari egadirlar.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlarining deputatligiga nomzodlar koʻrsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va saylovga qirq besh kun qolganida tugallanadi.

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar siyosiy partiyalarning tegishli tuman, shahar organlari tomonidan hamda fuqarolar yigʻinlarida (vakillari yigʻilishlarida) koʻrsatiladi.

Siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda joylashgan har bir saylov okrugidan bittadan deputatlikka nomzod koʻrsatishga vakolatlidir. Agar tegishli xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi saylov okrugi hududida fuqarolarning ikki va undan ortiq oʻzini-oʻzi boshqarish organi joylashgan boʻlsa, deputatlikka nomzod fuqarolar vakillarining yigʻilishlarida koʻrsatiladi. Yigʻilishda ishtirok etadigan vakillar meʼyorini tegishli tuman, shahar saylov komissiyasi belgilaydi.

Deputatlikka, qoida tariqasida, tegishli viloyat, tuman yoki shahar hududida ishlovchi yoki yashovchi fuqarolar nomzod etib koʻrsatiladi. Bir shaxs tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi faqat bitta saylov okrugidan deputatlikka nomzod etib koʻrsatilishi mumkin. Deputatlikka nomzodlar tanlash tartibini siyosiy partiyalarning va fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining oʻzlari belgilaydilar. Bunda xotin-qizlar soni siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida oʻttiz foizini tashkil etishi lozim.

Siyosiy partiyalar faqat oʻz partiyasi aʼzolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib koʻrsatadi, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari esa shaxslarni u yoki bu partiyaga mansubligidan qatʼi nazar, deputatlikka nomzod etib koʻrsatishga haqlidir.

Quyidagilar, yaʼni sodir etgan ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, saylov kuniga qadar soʻnggi besh yil mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinmaydilar.

Sudyalar va prokuratura organlarining mansabdor shaxslari deputat etib saylangudek boʻlsalar, egallab turgan lavozimlaridan boʻshash toʻgʻrisida ariza bergan taqdirdagina deputatlikka nomzod etib roʻyxatga olinadilar.

Ovoz berish maxsus ajratilgan binolarda oʻtkazilib, bu binolarda yashirin ovoz berish uchun yetarli miqdordagi kabina yoki xonalar jihozlangan, saylov byulletenlari berish uchun joy ajratilgan va saylov qutilari qoʻyilgan boʻlishi lozim. Ovoz berish binosida boshqa hech qanday siyosiy tadbir oʻtkazilishiga ruxsat etilmaydi. Binoni jihozlash va unda zarur tartibni saqlab turish masʼuliyati uchastka saylov komissiyasi zimmasida boʻladi.

Ovoz berish saylov kuni soat 6 dan soat 20 gacha oʻtkaziladi. Ovoz berish vaqti va joyi toʻgʻrisida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni kechi bilan saylovga oʻn kun qolganida xabardor qiladi.

Harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolanish muassasalarida, shuningdek olis va borish qiyin boʻlgan yerlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida, basharti, roʻyxatga kiritilgan barcha saylovchilar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, uchastka saylov komissiyasi istalgan vaqtda ovoz berish tugaganligini eʼlon qilishi mumkin.

Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.

Biror-bir sababga koʻra saylovchilar roʻyxatiga kirmay qolgan saylovchilarning familiyalari saylovchining shaxsi, fuqaroligi va turar joyini tasdiqlovchi hujjatga asosan saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.

Sherzod Abdullayev,

tuman hokimligi huquqshunosi.

(Foto - http://news.uzreport.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019