28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:29
Adabiyot 👁 243

Jayxun ilhomlari

Jayxun  ilhomlari

VATAN BAYROGʻI

Qizilqumdan esgan garmsel shamol,

Kuydirib tursa-da yuz-u koʻzimni.

Vatan kengliklarin kezaman xushhol,

Biyday dalalarga bosib yuzimni.

 

Dedilar: “Sahro-ku sen tugʻilgan Yurt,

Shoʻrhok dalalarda giyohlar nimjon.

Tuzlar boʻhronida chayqalar Ustyurt,

Qaydan koʻzlaringda mehr, hayajon?”.

 

Dedim: “Yuragimda yashaydi Vatan,

Bayrogʻi hilpirab jahon ichinda.

Dasht-u sahrolari, bogʻ-rogʻi bilan,

Umrim lahzalarin tongi, kechinda”.

 

Toʻrt tomon osuda, hilpirar Bayroq,

Yorugʻ niyatlarning saltanatida.

Balki yoʻq dunyoda mendan baxtliroq,

Yashayman Istiqlol mamlakatida.

 

Hilpirab turibdi Vatan Bayrogʻi,

Totuvlik irsiyat xalqimga azal.

Mehrdan rang olgan yaqin-yirogʻi,

Tillardan tushmaydi kuy, qoʻshiq, gʻazal.

 

Or-nomusim mening, obroʻyim mening,

Dunyoga yoʻl ochgan HURlik mayogʻi.

Mardona qadamim, mohroʻyim mening,

O Vatan Bayrogʻi, Vatan Bayrogʻi!

 

Garmsel shamol ham, tuzli boʻhron ham,

Pisandmas, hilpirab turganda Bayroq.

Mehr-u oqibatni oʻzda etib jam,

Hayotga boqaman yanada quvnoq.

 

Yarmi sahro yurtda unib-oʻsdim men,

Har bitta giyohin jonimga ekdim.

Shunchaki sevmadim. Yoniq dil bilan

Vatan Bayrogʻini yurakka tikdim!

 

Asr muammosin yelkalagan xalq –

Sahroyi oʻzimman, menman Qizilqum!

Daryosin yoʻqotgan qirgʻoqlarda talx

Suvlar karvoniga tashna Orolqum!

 

Mingta Amriqoga alishmayman. Yoʻq!

Kindik qonim tomgan sahro giyohin.

Bayrogʻim hilpirar, mangu koʻngil toʻq.

Simirib yashayman MEHR ziyosin!

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

Shifokor doʻstimga

Bemorning koʻziga bir nazar tashlab,

Shu zahot sezasiz neki dardi bor.

Tomirini ushlab, asta soʻz boshlab,

Shifo berasiz boʻlib najotkor.

 

Malhamga teng turgay har bir soʻzingiz,

Diqqat-eʼtibordan qalblar charogʻon.

Tabassum-la balqib turgan yuzingiz,

Xastani yetaklar hayotga tomon.

 

Shifokor boʻlmoqlik mushkuldir gʻoyat,

Burchin bajarmaslik bundan ham ogʻir.

Beparvo, loqaydlik doim Sizga yot,

Shuhrat quchmoqdasiz oqibat-oxir.

 

Kimdir tutab yashar. Siz esa yonib,

Yashamoq choʻgʻidan qalbga solasiz.

Shifokorlik kasbi gashtiga qonib,

Ishlaysiz, hamisha olqish olasiz.

 

Nomingiz ulugʻlar qanchalab odam.

Dardi yengillashib, gʻayrati toshar.

Xastalik dardini koʻrgansiz baham,

Shu bois hurmati tobora oshar.

 

Sizga cheksiz olqish, shon-sharaf boʻlsin.

Begʻubor qalbingiz shodlikka toʻlsin!

Saʼdulla Xoʻjaniyozov.

“Keksalarni eʼzozlash oyligi” munosabati bilan

Otalari urushga ketgan

Onalari yumushga ketgan,

Sut oʻrniga koʻz yoshin yutgan

Goʻdakligi kulgusiz oʻtgan –

Toʻqson, yuzga kirgan otalar,

Ne kunlarni koʻrgan onalar.

Zarba olib koʻp yomonlardan,

Mashriq, magʻrib – har tomonlardan,

Don ajratib choʻp, somonlardan,

Butun chiqqan tegirmonlardan,

Ming bir joni toshdan onalar,

Toʻqson, yuzdan oshgan otalar.

Oftob kuygan palla – mahallar,

Sovuq qotgan chilla mahallar,

Qayda uyqu, allamahallar,

Bunga shohid dala, paykallar,

(Qoʻysak arzir oltin haykallar)

Toʻqson, yuzga kirgan otalar,

Ne kunlarni koʻrgan onalar.

Tilda duo, qalbi imonda,

Ardoqlandi baxtli zamonda,

Yashagaylar yuz yil omonda,

Bugun, YaNGI Oʻzbekistonda,

Elin baxtli koʻrgan onalar,

Yoshday tetik turgan otalar.

Tursunboy ABDULLAYeV.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026