Jayxun ilhomlari
YaNGI YIL ÖYLARI
Yana yangi yil kelur,
Bepoyon ölkamizga.
Taşviş-u vazifalar,
Yuklaydi yelkamizga.
Har yilgidan ham juda,
Quvonç bilan kutamiz.
Bir yil böyi töplagan,
Tuhfamizni tutamiz.
Negaki yangi yildan,
Umidimiz xöp katta.
Qança-qança işlarni,
Bitiramiz, albatta.
Porloq kelajak sari,
Taşlanur ulkan qadam.
Nelarga qodirligin,
Namoyiş etar odam.
Ğaroyib tadqiqotlar,
Kaşfiyotlar yaralar.
Yangi Özbekistonning,
Şuhrati keng taralar.
Yangi maqsad, marralar,
Közlab quloç yozamiz.
Yutuqlar quçib möldan,
Şaxdam qadam bosamiz.
Kel, marhabo yangi yil,
Köksimizda qölimiz.
Sen kelgaç bölar yaqin,
Maşʼallikka yölimiz.
Yozamiz taʼrifingga,
Qançalab qöşiq, doston.
Tantanalar qilamiz.
Jam bölib döst-u yoron.
Qalbimizda urar jöş,
Ajoyib orzu-öylar.
Kelganingdan jaranglar,
Qöşiqlar, yalla, kuylar.
* * *
ARÇA QURAMIZ
Kelingiz uyimizga,
Arça quramiz.
Qöl uşlaşib hammamiz,
Qator turamiz.
Atrofida aylanib,
Qah-qah uramiz.
Döstlik, birodarlik,
Zavqin suramiz.
Barça millat bolasi,
Döst-u jöramiz.
Jaranglaydi davrada,
“Yaşa”, “Ura”miz.
Qorbobo, Qorqiz bilan,
Birga yuramiz.
Bergan sovğalarini,
Baham köramiz.
Kelingiz uyimizga,
Arça quramiz...
* * *
Yangi yil qöşiği
Maktabimda arça bordir,
Yon-verida barça bordir.
Arçamizni körib qöying,
Bayram zavqin surib qöying.
Yangi yilni boşlab keldi,
Qutluğ qadam taşlab keldi.
Quvonçimiz oşib ketdi,
Daryo misol toşib ketdi.
Öyin-kulgu avjda bugun,
Dillarimiz mavjda bugun.
Yoşimizga minar bir yoş,
Qöşiq kuylar keksa-yu yoş.
Özbekiston suyuk davlat,
Kelajagi buyuk davlat.
Tinç, farovon yaşaymiz biz,
Beminnat non oşaymiz biz.
Farzandimiz obod elning,
Mustaqil-u ozod elning.
Yangi yilni kutib şunday,
Çaraqlaydi köngil kunday.
Maktabimda arça bordir,
Yon-verida barça bordir.
Saʼdulla XÖJANIYoZOV, faxriy jurnalist.
YaNGI YILIM YaXŞI KELGAY
Xirmonimiz möldan bölib,
Daryo loyqa suvga tölib.
Humo quşi boşga qönib,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Ketsin ofat bizdan qoçib,
Quyoş issiq nurin soçib.
Mehmonimdek quçoq oçib,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Zamona tinç, yur erkalab,
Bir-birovning boşin silab.
Insonlarga soğliq tilab,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Qutluğ aylab yoşlar yölin,
Barça qalam qoşlar yilin.
Oğritmasdan bağri - dilin,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Baxt keltirib barçamizga,
Nur taratib darçamizga.
Mehmon bölib arçamizga,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Savob işni kaftga ilib,
Ğanimlarning bağrin tilib.
Salomatlik sovğa qilib,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Köz tegdirmay köz-qoşimga,
Alloh bergan tuz-oşimga.
Soğliq tilab yurtdoşimga,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
T.DOSÇANOV,
21-maktab direktori.
ARAFADA
Goho şod, goh mahzun ötmoqda kunlar,
Barmoq orasidan sizgan qum kabi.
Kimgadir armonlar keltirdi bu yil,
Kimningdir uşaldi ezgu matlabi.
Mana,bugun yana arafadamiz,
Yana qutlovlarga şaylanar tillar.
Yangi yilning oppoq sahifasiga,
Orzularin yozmoq istar köngillar.
Hozirça yangi yil dovon ortida,
Xayolda borliği öxşar ertakka.
Istagim, tilaklar yurakdan çiqsin,
Aylanib qolmasin ular ermakka.
Yaxşilikni ravo körsang birovga,
Hayotsan – yaşagin özing şu köyi,
Soğliğin tilasang agar özganing,
Özing ham yurarsan bardam yil böyi.
Soğ bölsak bayram köp, biroq tilaklar,
Qolmasin maşmaşa bilan öralib.
Ilohga bandamiz – oğa-iniday,
Yaşaylik doimo yelkadoş bölib!
A.Nafasov.
Konstitutsiya
Qonunlarni örgandik,
Eng uluğ saboq oldik.
Konstitutsiya bilan
Yurtimizda tinçlik.
Konstitutsiya bilan
Vatanimiz farovon.
Unga amal qilamiz,
Qonunni qadrlaymiz.
Jasmina Bekimbetova,
55-maktab öquvçisi.
Qiş
Bezatadi oppoq qor,
Dala, adir, qirlarni.
Ayozdan berib darak,
Muzlatadi köllarni.
Diyorbek NURJONOV, 84-maktab öquvçisi.
YaNGI YILIM YaXŞI KELGAY
Xirmonimiz möldan bölib,
Daryo loyqa suvga tölib.
Humo quşi boşga qönib,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Ketsin ofat bizdan qoçib,
Quyoş issiq nurin soçib.
Mehmonimdek quçoq oçib,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Zamona tinç, yur erkalab,
Bir-birovning boşin silab.
Insonlarga soğliq tilab,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Qutluğ aylab yoşlar yölin,
Barça qalam qoşlar yilin.
Oğritmasdan bağri - dilin,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Baxt keltirib barçamizga,
Nur taratib darçamizga.
Mehmon bölib arçamizga,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Savob işni kaftga ilib,
Ğanimlarning bağrin tilib.
Salomatlik sovğa qilib,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
Köz tegdirmay köz-qoşimga,
Alloh bergan tuz-oşimga.
Soğliq tilab yurtdoşimga,
Yangi yilim yaxşi kelgay.
T.DOSÇANOV,
21-maktab direktori.
Yangi yil
Tilaklar tölib-toşgan,
Orzularning ayyomi.
Ezgulikka yöl oçgan,
Yangilaniş bayrami.
Sen-la dilni xuşlaymiz,
Kuy-qöşiqni boşlaymiz.
Yangi niyatlar bilan
Har doim nişonlaymiz.
Yangi yil zör şodiyona,
Quvnab raqsga tuşamiz.
El-yurt bitta oila,
Bayramni nişonlaymiz.
Oltinoy RAHIMBOYeVA, 53-maktab öquvçisi.
YaNGI YIL TABRIGI
Assalom, Amu elim,fidoiy xalqim,
Yuragim ardoği, qadrdonlarim.
Sizga ehtiromim sizga hurmatim,
Soğinç-la sizlarga salom yölladim –
Yangi yil muborak, aziz yurtdoşim!
Şukr, yangi yilga yetib kelibmiz,
Kimlar yetdi, kimlar armonlarimiz.
Eski yilda qolsin, afsuslarimiz,
Bu yil soğliq yili bölsin ilohim –
Yangi yil muborak, qadrdonlarim.
Zarhal harflar-la eski yilimiz,
Yoziladi öçmas tarixlarimiz.
Yaxşi-yomon kunlar, şukurlarimiz,
Yurtimni omonda saqla Allohim,
Yangi yil muborak, mehribonlarim.
Orqangga qarab qöy, ötgan umringdan,
Rozi böldingmi ayt, özi-özingdan?
Köngling töldimi, ayt savoblaringdan,
Hammasiga guvoh qodir Xudoyim,
Yangi yil muborak, jonajonlarim.
Tabriklab qöydingmi yaqinlaringni,
Sen uçun duoda ötirganlarni
“Kelib qolar”, deya kutganlaringni,
Sendan rozi bölsin barça iloyim,
Yangi yil muborak, döst-u yorlarim.
Duolarimdasiz, yuragimdasiz,
Bir zum unutmadim, fikr-u yodimsiz,
Iymonim, vijdonim, nomus-orimsiz
Kindik qonim tomgan jonim Manğitim –
Yangi yil muborak, soğinganlarim!
Jumagul YuNUSOVA.
Tilak
Bu hayot taşvişlarin bir çetga surib,
Döstim, kel, yaşaylik biz ham quvonib.
Yoningda farzanding çopqillab yurar,
Axir bormi dunyoda şundan ortiq baxt.
Ota-onang bordur yoningda sening,
Oltinga teng duosin olasan har kun.
Sevganing ham gözal, qara baxtiyor,
Faqat sen xomuşsan, nega döstginam?
Şunday yaralgan-ku axir bu hayot,
Gohida aççiqdir, gohida şirin.
Şunday baxtimiz bor nega noliymiz,
Şukrona qilmoq ham baxt erur butun.
Munira KARIMOVA,
42-sonli maktab öquvçisi.
Men ham burun olov edim...
Töqayda yurgan tulporday,
Tutqiç bermas xayollarim.
Közlari ötkir burgutday,
Oyni közlar orzularim.
Men ham burun olov edim,
Mehnatdan topdim nonimni.
Endi esa noçor böldim,
Heç kim sörmas ahvolimni.
Keksalik oğir dard ekan,
Yoşlikning qadri bilinar.
Allohim şunday yaratgan,
Öylarim qoğozga tökilar.
Şomurod SAIDOV,
Tölqin ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶